O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Atoqli adiblar nomi bilan ataluvchi ijod maktablarida ijodiy tanlovlar qizg‘in o‘tmoqda

2019-08-16 | Ta’lim

Joriy yilning 13 avgust kunidan boshlab Respublikamizning Nukus, Xiva, Qarshi, Jizzax, Guliston, Andijon, Marg‘ilon shaharlarida joylashgan atoqli adiblar nomi bilan ataluvchi ijod maktablarida ijodiy tanlovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Ta’kidlash joizki, 2019-2020 o‘quv yili qabul jarayonlari avvalgi yillarga nisbatan uyushqoqlik bilan, shaffof tashkil etildi. Qabul jarayonlarini onlayn kuzatib borish imkoniyatini beruvchi idum.uzedu.uz bazasi yaratilib, har bir ariza bilan murojaat qilgan talabgorlarni ma’lumotlari mazkur bazaga kiritildi.

Yana bir e’tiborli tomoni, ota-onalar va o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablari Qabul komissiyalari tomonidan turli hududlarda sayyor hujjat qabul qilish jarayonlari tashkil etildi.

Ijodiy imtihonlarda adolat va xolislik mezonlariga qat’iy amal qilish maqsadida, Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida har bir ijod maktabi uchun alohida imtihon hay’ati tarkibi shakllantirildi. Imtihon komissiyasi tarkibidan atoqli shoir va yozuvchilar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, tilshunos olimlar, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Xalq ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari o‘rin olgan.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab ilk bor Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining qarori qabul qilinib, “Atoqli adiblar nomi bilan ataluvchi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda 2019-2020 o‘quv yili uchun ijodiy tanlovlarni o‘tkazish tartibi” tasdiqlandi. Mazkur hujjat asosida respublikadagi barcha ijod maktablarida yagona tartib asosida 2 bosqichda ijodiy tanlovlar (og‘zaki va yozma) o‘tkazilmoqda. Ijod maktablarining tegishli qarorlarda belgilangan sinflariga 430 ta qabul kvotasi ajratilgan bo‘lib, jami 2723 nafar o‘quvchilardan hujjatlar qabul qilingan. Ushbu o‘quvchilar ayni kunlarda ijodiy tanlovda ishtirok etmoqda.

Ijodiy tanlov yakunlariga ko‘ra, har bir o‘ringa uch nafardan saralab olingan nomzodlar (saralangan) o‘rtasida test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari 20-25 avgust kunlari oralig‘ida Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

Поделиться