O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta'lim

Xalq taʼlimi vaziri Angren shahridagi 4-maktabga tashrif buyurdi

08.01.2020Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Toshkent viloyati, Angren shahar xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 4-maktabga tashrif buyurdi. 

Variativ oʻquv rejalarini tajriba-sinovdan oʻtkazishga bagʻishlangan videoseminar boʻlib oʻtdi

06.01.2020Ta’lim

Joriy yilning 4-yanvar kuni Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov boshchiligida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida variativ oʻquv rejalarini tajriba-sinovdan oʻtkazishga bagʻishlangan videoseminar boʻlib oʻtdi.

OTM rektorlari Toshkentda yangi ochilgan ikkita ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishdilar

06.01.2020Ta’lim

4-yanvar kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov boshchiligida respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiallari direktorlari, malaka oshirish tarmoq markazlari direktorlari, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlaridan iborat delegatsiya Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshlagan ikkita ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishdi.

O‘zbekiston Prezidenti “Turkiy dunyo tiklanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

04.01.2020Jamiyat

ANKARA, 4 yanvar. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy dunyo yozuvchilari, ziyolilari va san’atkorlari jamg‘armasi (Türk Dünyası Yazarlar ve Sanatçılar Vakfı –TURKSAV) tomonidan ta’sis etilgan “Turkiy dunyo tiklanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Kelajakda o‘qituvchilik kasbini egallamoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun yangi imkoniyat

03.01.2020Ta’lim

2020-yilning 1-fevral kuniga qadar Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Yosh o‘qituvchilar klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Xalqaro mental arifmetika olimpiadasida yurtimiz oʻquvchilari gʻolib bo'ldi

25.12.2019Ta’lim

Moskva shahrida MDH davlatlari oʻquvchilari oʻrtasida xalqaro mental arifmetika olimpiadasi oʻtkazildi. Mazkur olimpiadada 500 dan ziyod oʻquvchi ishtirok etdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi Amiti universitetida Inkubatsiya markazi tashkil etilishida qatnashadi

25.12.2019Ta’lim

2019-yil 24-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vaziri birinchi oʻrinbosari v. b. Sharof Rajabbayev Amiti universiteti vitse-prezidenti d-r Gurinder Singxni qabul qildi.

Xalq ta’limi raqamlarda: umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni

25.12.2019Ta’lim

2019-2020 o‘quv yilida O‘zbekiston umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soni 6.119.440 nafarni, shundan 3.150.969 nafari o‘g‘il bolalar va 2.968.471 nafari qizlarni tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi oliy ta’limga oid tanqidiy materiallarga munosabat bildirilmoqda

25.12.2019Ta’lim

Ijtimoiy tarmoqlar orqali oliy ta’lim tizimiga oid e’lon qilinayotgan tanqidiy materiallarda ko‘tarilayotgan masalalar soha mas’ullar tomonidan o‘rganilib, o‘z vaqtida munosabat bildirib kelinmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari “AQ International” kompaniyasi prezidentini qabul qildi

23.12.2019Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov “AQ International” kompaniyasi prezidenti Salvatore Kachcholani qabul qildi.

Sherzod Shermatov: Jamoatchilik kengashi XTV va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishi kerak

19.12.2019Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vazirlik va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishi kerak. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Yaponiyaning JITCO bilan tashqi mehnat migratsiyasi soxasida tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

19.12.2019Ta’lim

2019-yil 17-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi delegatsiya Ta’lim sohasida hamkorlik qiluvchi Yaponiya xalqaro tashkiloti (JITCO) raisi janob Xiroaki Yasi bilan Tokio shaxrida uchrashdi.

Andijon viloyati hokimi stipendiya joriy etdi

18.12.2019Ta’lim

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun stipendiya ta’sis etdi.

Latviya ta’lim va ilm-fan vaziri bilan uchrashuv

18.12.2019Ta’lim

2019-yilning 17-dekabr kuni O‘zbekistonning Riga shahridagi Elchisi Qadamboy Sultonov Latviya ta’lim va ilm-fan vaziri Ilga Shuplinska xonim bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev Nagoya universitetiga tashrif buyurdi

18.12.2019Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi navbatdagi muhim manzil Nagoya universiteti bo‘ldi.

Sirdaryo viloyatida hususiy va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni qancha?

18.12.2019Ta’lim

Hozirgi vaqtda respublikada 9774 MTT (ulardan: davlat - 5832, nodavlat - 3942 (xususiy-753, DXSh - 419, oilaviy - 2770) o‘z ta’lim va tarbiyaviy faoliyatini olib bormoqda.

OTB davlat-xususiy sheriklik yordamida maktablar infratuzilmasini yaxshilashga ko‘mak beradi

18.12.2019Ta’lim

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori o‘rinbosari Enriko Pinali Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari qurilishi va rekonstruktsiyasiga ko‘mak berish uchun davlat-xususiy sheriklik masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga oid shartnomani imzoladi.