O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq ta’limi raqamlarda: umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni

2019-12-25 | Ta’lim

2019-2020 o‘quv yilida O‘zbekiston umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soni 6.119.440 nafarni, shundan 3.150.969 nafari o‘g‘il bolalar va 2.968.471 nafari qizlarni tashkil etdi.

Raqamlar taqqoslanganda, 2018-2019 o‘quv yilida mamlakatimiz maktablarida 5.821.861 o‘quvchi, jumladan 2.981.745 nafar o‘g‘il bola va 2.840.116 nafar qiz bolalar ta’lim olgan.

Eng ko‘p maktablar Samarqand (1245 ta), Qashqadaryo (1144 ta) va Farg‘ona viloyatida (942 ta) faoliyat yuritadi.

O‘quvchilar soni bo‘yicha ham aynan shu hududlar yetakchilik qilmoqda: Samarqand viloyatida - 719.684 nafar, Farg‘ona viloyatida - 660.780 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida - 627.328 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Eng kam maktablar Navoiy (364 ta) va Sirdaryo viloyatida (309 ta) faoliyat olib bormoqda. Mazkur hududlarda, ya’ni Navoiy viloyatida 178.060 va Sirdaryo viloyatida 155.981 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Toshkent shahrida 307 ta maktab mavjud bo‘lib, unda 436 048 nafar o‘quvchi bilim olmoqda.

Поделиться