O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijon viloyati hokimi stipendiya joriy etdi

2019-12-18 | Ta’lim

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun stipendiya ta’sis etdi.

Jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimiz kelajagi ko‘p jihatdan iqtidorli, yuksak salohiyatli yoshlarga, malakali mutaxassislarga bog‘liq. Ana shundan kelib chiqib, viloyat hokimi viloyatdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar orasidan o‘zining yuksak iqtidor va qobiliyatini namoyon eta oladigan, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan fidoyilarni izlab topish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda respublika va xalqaro darajadagi yutuqlar ko‘lamini kengaytirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida stipendiya tanlovi tashkil etdi.

Viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, oliy o‘quv yurtlari hamkorligida o‘tkaziladigan tanlov g‘olibi oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ham ta’minlanadi. 

- Viloyat hokimining ushbu tashabbusi oliy o‘quv yurtlari talabalari tomonidan xursandchilik bilan kutib olindi, - deydi Andijon mashinasozlik instituti prorektori Akmaljon Ermatov. - Viloyat hokimi stipendiyasi talabalarimizni yanada puxta bilim olishga, yuksak marralarni egallashga, faol va fidoyi bo‘lishga undaydi. Qolaversa, ular o‘rtasida erkin va ijodiy raqobatni shakllanishiga yordam beradi.

Bundan buyon “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovi g‘olibi bo‘lgan talabalar nafaqat stipendiya sohibi bo‘ladi, balki o‘zlari uchun ish o‘rnini ham ta’minlab oladi.

Поделиться