O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kelajakda o‘qituvchilik kasbini egallamoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun yangi imkoniyat

2020-01-03 | Ta’lim

2020-yilning 1-fevral kuniga qadar Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Yosh o‘qituvchilar klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

“Yosh o‘qituvchilar klubi” o‘quvchilarning dars mashg‘ulotidan keyingi bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish, pedagogika sohasiga qiziqqan o‘quvchi-yoshlarni maqsadli tarbiyalash, ularni seleksiya qilish, o‘qituvchilik kasbini sharaflash hamda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Klubga umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-11-sinflarida tahsil olayotgan kelajakda o‘qituvchilik kasbini egallamoqchi bo‘lgan (o‘zini yosh o‘qituvchi sifatida sinab ko‘rish istagidagi) o‘quvchilar a’zo bo‘lishi mumkin.

Klub a’zosi o‘zini yosh o‘qituvchi sifatida sinab ko‘rish uchun bitta fanni tanlaydi va umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘sha fan o‘qituvchisiga “Ustoz-shogird” an’anasiga muvofiq biriktiriladi. O‘zi tanlagan fani bo‘yicha biriktirilgan o‘qituvchi bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga klub a’zosiga haftada ikki kun (maxsus jadval asosida) dars mashg‘ulotlaridan so‘ng umumiy o‘rta ta’lim maktabining ajratilgan sinfxonasida o‘zi tanlagan fani bo‘yicha yosh o‘qituvchi sifatida tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida (o‘zi bilganlarini tengdoshlariga o‘rgatgan holda) mashg‘ulotlar olib borish imkoniyati beriladi.

Kelajakda o‘qituvchilik kasbini egallamoqchi bo‘lgan o‘quvchilar “Yosh o‘qituvchilar klubi” - bu Sizning maqsadlaringiz sari yetaklovchi yangi imkondir.

Поделиться