O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq taʼlimi vaziri Angren shahridagi 4-maktabga tashrif buyurdi
2020-01-08 | Ta’lim
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Toshkent viloyati, Angren shahar xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 4-maktabga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Sh.Shermatov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Zamonaviy maktablarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi boʻyicha mazkur taʼlim muassasasida xalqaro talablarga muvofiq ilgʻor arxitektura yechimlari va energiya tejaydigan texnologiyalar asosida qurilib jihozlangan “Zamonaviy maktab” tashkil etishni taʼkidladi.
Maktabni “Zamonaviy maktab” talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli takliflar berildi.
Eslatib oʻtamiz, 2019-yilning 26-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Zamonaviy maktablar”ni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Mamlakatimiz rahbari oʻquvchi-yoshlarning sifatli taʼlim-tarbiyasi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida xalqaro talablarga muvofiq ilgʻor arxitektura yechimlari va energiya tejaydigan texnologiyalar asosida qurilib jihozlangan “Zamonaviy maktablar”ni tashkil etishni maʼqulladi.
2020-2022-yillarda “Zamonaviy maktab” loyihasi boʻyicha umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashga 4,05 trln. soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.