O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
FA vitse-prezidenti Rimdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
2019-12-16 | Fan
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.Z. Mirzayev 2019-yil 13-dekabr kuni Italiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Rimda tashkil etilgan "Italiya va Markaziy Osiyo: o'zaro tushunish, hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini mustahkamlash" xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Konferensiyada turli universitetlar va mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazlari o'rtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha fikr almashildi.
Akademik va ilmiy hamkorlikning eng rivojlanayotgan yo'nalishlari belgilandi.
Hozirgi kunda Italiya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi universitetlar kelgusida uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlaydigan istiqbolli qo'shma loyihalarni amalga oshirmoqdalar.