O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nasimiy tavalludining 650 yilligiga bag‘ishlangan anjuman

2019-12-04 | Fan

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon madaniyat markazi bilan hamkorlikda Sayyid Imodiddin Nasimiy tavalludining 650 yilligiga bag‘ishlangan anjuman va O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tarjimasida nashr etilgan Nizomiy “Xamsa”sining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Unda respublikamizning taniqli tilshunos va adabiyotshunoslari,  akademiklar, ozarbayjonlik yetakchi olimlar hamda shoirlar ishtirok etdi.

Anjumanda Ozarbayjon klassik adabiyotining atoqli vakili, shoir Imodiddin Nasimiy tavalludining 650 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanning asosiy maqsad va vazifalari, o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalarining bugungi ahvoli hamda Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tarjimasidagi nashriga doir masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, uning o‘zbek adabiyotida, mamlakatimiz adabiy-ma’rifiy jihatdan yuksalishida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Поделиться