O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash to‘g‘risidagi qarorga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi
2019-12-28 | Fan
Ushbu muhim hujjat muhokamasida O’zR FA ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, yetakchi olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Yig'ilishda ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi va shartlari - 30% (fan nomzodlari va PhD uchun) va 60% (fan doktorlari uchun), shuningdek, qo‘shimcha haq to‘lash kerak bo'lgan ko'rsatkichlar haqida qizg'in munozaralar bo'lib o'tdi. Ushbu maqsadlar uchun foydalanilmagan mablag'lar, agar ular to'liq ishlatilmasa, tashkilotning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga sarflanadi.