O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston ilm-fanining jahon ilmiy hamjamiyatiga integratsiyasi

2020-01-16 | Fan

Joriy yilning 16-yanvar kuni Amiti Universitetida Innovasion rivojlanish vazirligi hamda Springer Nature kompaniyasi vakillari ishtirokida “O‘zbekistonda ilm-fanni jahon ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta'minlashda ko‘maklashuvchi Springer Nature kompaniyasining axborot resurslari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi hamda Springer Nature kompaniyasi hamkorligi doirasida respublikamizdagi oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalariga kompaniya jurnallari to‘plamidan bepul foydalanish imkoniyati 2019 yil 1 yanvardan boshlab taqdim etildi.

Tadbirda Innovasion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarov, Amiti Universiteti ma'muriyati direktori Bobur Abdullaev, Springer Nature kompaniyasi hududiy direktori Shaxin Giray, Springer Nature kompaniyasining Markaziy Osiyodagi vakili Irina Aleksandrova so‘zga chiqdi.

- Oliy ta'lim va ilm-fanning kuchli raqobatbardosh tizimini yaratish O‘zbekiston uchun muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning rolini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratilayotgani ilg‘or innovasion ishlanmalar va yuqori texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-amaliy tadqiqotlarning raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. O‘z navbatida Innovasion rivojlanish vazirligi bu jarayonda ilmiy tadqiqotlar, yuqori texnologiyalar va innovasion ishlanmalar sifatini oshirish, ularning natijalarini iqtisodiyotga izchil joriy etishda ishtirok etmoqda, - dedi innovasion rivojlanish vaziri o‘rinbosari A.Nazarov.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasining ilmiy-innovasion salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish, mamlakatimizda olib borilayotgan tadqiqotlar sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek xalqaro ilmiy nashrlarda o‘zbek mualliflari tomonidan nashrlarning soni va sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Innovasion rivojlanish vazirligi Springer Nature kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning 100 ta tashkiloti uchun Springer Journals Collection deb ataladigan ilg‘or ilmiy jurnallar to‘plamidan foydalanish imkoniyatini beruvchi loyihaning boshlangani haqida ma'lumot berildi. Mazkur Springer jurnallar to‘plami  1997 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda chop etilgan barcha ilmiy yo‘nalishlardagi 2200 tadan oshiq jurnallarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari ushbu 100 ta tashkilot laborator ilmiy tadqiqotlarning 50 000 tadan oshiq bayonnomalarini o‘zida jamlagan Springer Protocols deb ataluvchi ilmiy tadqiqotlar bayonnomalari bazasiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Innovasion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston olimlariga dunyoning yetakchi tadqiqot natijalarini aks ettiruvchi birlamchi manbalardan, shuningdek, o‘quv-ma'lumotnoma adabiyotlaridan foydalanish imkoninini ta'minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Bu esa o‘z navbatida olimlarga mamlakatda olib borilayotgan barcha tadqiqotlarni chuqur tahlil qilish va ularning sifatini oshirish imkonini beradi.

Springer Nature dunyodagi eng yirik va eng qadimgi ilmiy nashriyotdan biri hisoblanib, 1842 yildan beri mavjud.

Butun dunyodagi yetakchi olimlar va ko‘plab Nobel' mukofoti laureatlari o‘z maqolalarini Springer Nature da nashr etadi. Nashriyotning barcha jurnallaridan iqtiboslar keltirilib, ular yuqori ilmiy obro‘ga ega. 1842 yildan beri, Springer Nature 3,500 dan ortiq xalqaro reytingga kiruvchi ilmiy jurnallar, 250,000 dan ortiq ilmiy kitoblar chop etdi, barcha tarmoq yo‘nalishlarida dunyodagi eng yirik ma'lumotlar bazalariga egalik qiladi.

Bugungi kunda Springer Nature O‘zbekistondan maqola va kitoblar chop etish soni bo‘yicha 1-raqamli noshir hisoblanadi. O‘zbekiston olimlari har yili ilm-fanning turli sohalarida Springer Nature nashriyotida 260 dan ortiq maqolalarni chop etadilar, bu esa O‘zbekistonning xorijdagi barcha nashrlarning yiliga 20% ni tashkil etadi.

Поделиться