O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-09-07 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 5-sentabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Tatiana Proskuriakova boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Jasur Karshibayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiyot va mintaqaviy tadqiqotlar instituti direktori Umid Abidxadjayev hamda mehmonlar tomonidan Jahon bankining o‘tkazmalar bo‘yicha menejeri Indu Jon-Abraham, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Rahimjon Assangaziyev, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi Barqaror rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy direktori Sameh Nagib Vahba, Jahon bankining shahar boʻyicha yetakchi mutaxassisi Mohamed Nada, katta mutaxassisi Rosanna Nitti hamda katta iqtisodchisi Pinar Yashar ishtirok etdi.

Suhbat avvvalida tomonlar O‘zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu bilan birga, Jahon bankining istiqbolli loyihalari hamda DPO-6 ni ishlab chiqish to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

DPO (Development Policy Operation) bu – mamlakatning inklyuziv va raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tishini tezlashtiradigan muhim iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishini qo‘llab-quvvatlash uchun Jahon banki tomonidan beriladigan past foizli imtiyozli kredit hisoblanadi.

Bundan tashqari, urbanizatsiya va yer islohoti dasturlarini ishlab chiqish hamda mavjudlarini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. Suv tanqis bo‘lgan hududlarda muammolarni bartaraf etish, shuningdek, suv yer ostiga sizib ketayotgan kanallarni ta’mirlash yuzasidan fikr almashildi.
 
Uchrashuv yakunida vazirlik va Jahon banki mutasaddilari yuqorida qayd etilgan loyihalarni har tomonlama ko‘rib chiqib, amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться