O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Adliya vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-07-06 | Jamiyat
2023-yil 4-iyul kuni Adliya vazirligida adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi delegatsiyasi rahbari Ursula Gachek o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv boshida, adliya vaziri mehmonlarga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tib, Adliya vazirligining saylov jarayonlaridagi o‘rni xaqida, xususan, saylov qonunchiligi sohasida qilingan ishlar, siyosiy partiyalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida hamda saylov uchastkalari a’zolarini o‘qitish bo‘yicha qilingan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Xorijiy tomon O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, hozirda davom etayotgan saylov jarayonlarida Adliya vazirligining o‘rni muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mexmonlarning siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq jarayonlar va ularning faoliyati to‘g‘risidagi savollariga batafsil ma’lumotlar taqdim qilindi.
Mehmonlar ma’lumotlar uchun tashakkur bildirib, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonch bildirishdi.
Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi