O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi rahbari Bito Yoshibumi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-06-23 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (YaXHA) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxona rahbari Bito Yoshibumi hamda ushbu vakolatxona sobiq rahbari Miyazaki Suguru bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida Y. Bitoni YaXHAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimiga tayinlanganligi hamda bu lavozimda vazirlik bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga umid bildirdi.
Suhbat davomida budjetni qo‘llab quvvatlash, mamlakatimizda energetika va transport infratuzilmasi modernizatsiyasi, demografik dividend hisobiga rivojlanayotgan ipoteka bozorini moliyalashtirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi yo‘nalishlarda ishlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Y. Bito: “O‘zbekistondan oldin YaXHAning eng yirik debitorlaridan hisoblangan Hindiston va Bangladeshda faoliyat yuritganman. Kreditlarni jalb qilishda mamlakatning qarzdorlikni to‘lash imkoniyati muhim omildir. Bu o‘rinda O‘zbekistonda kreditlarni qaytarish mexanizmi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini ta'kidlamoqchiman”.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlardan keng foydalanishga kelishildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi