O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda Digital Leadership forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2023-07-07 | Texnologiyalar
Joriy yilning 7–iyul kuni Toshkentda Digital Leadership forumining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Forum ochilishida 300 dan ortiq BPO va IT-autsorsing kompaniyalari, xorijiy tashkilotlar, tadbirkorlar hamda butun dunyodan 20 dan ortiq spikerlar ishtirok etdi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tadbir ochilish marosimida so‘zga chiqib, bu kabi tadbirlarning qay darajada muhimligi, tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad nimalardan iboratligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Shuningdek, o‘z taqdimoti bilan qatnashdi.
So‘zga chiqqan spireklar ushbu forum O‘zbekistonda o‘z biznesini dunyoga namoyish qilmoqchi bo‘lgan kompaniyalar uchun muhim tadbirlardan biri ekanini mamnuniyat bilan qayd etishdi.
Shuningdek, ushbu forum nomzodlarga kompaniyalarining IT-autsorsing va BPO xizmatlarining yetakchi provayderi sifatida targ‘ib qilishga ajoyib imkoniyat yaratishi, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan IT-xablardan biri ekani ta’kidlandi.
Forum doirasida “Huawei” kompaniyasining mintaqaviy ofisi va “ZTE” kompaniyasining BPO markazi “VEON”ning yangi biznes yo‘nalishi hamda “Acharya” universitetining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan birga, “O‘zbektelekom” AK yangi biznes modeli taqdimoti o‘tkazildi, shuningdek, “Subscriber control” tizimi rasmiy ishga tushirildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi