O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT
Vazirlik «Siemens» kompaniyasi bilan memorandum imzoladi 16.11.2017TexnologiyalarO‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida 15-noyabr kuni “Siemens AG” konsernining Myunxenda joylashgan bosh qarorgohida bo‘lib, uning Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha prezidenti Azi Roland Bush bilan uchrashdi. |
Telekommunikatsiya texnologiyalari muhokama qilindi 01.12.2017TexnologiyalarPoytaxtimizda Xalqaro elektr aloqa ittifoqi bilan hamkorlikda ishlash va uyushmaga a’zo davlatlar uchun yaratilgan sharoitlarga bag‘ishlangan mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi. |
AKT vazirligi hamda Koreya Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda 29.11.2017TexnologiyalarO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22-25 noyabr kunlari Koreyaga qilgan tashrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Kim Bu Kyum bilan muzokaralar o‘tkazdi. |
Toshkent shahrida Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining hududiy seminari bo‘lib o‘tmoqda 29.11.2017Texnologiyalar11-noyabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining “Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi bilan hamkorlik: a’zo davlatlar, sohalar va ilmiy yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlar. XEI ning tarkibi va ishlash uslublari” mavzuidagi mintaqaviy seminari bo‘lib o‘tdi. |
AKT delegatsiyasi Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazdi 24.11.2017TexnologiyalarAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti rahbariyatidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi yetakchi oliygohlari - Seul milliy universiteti (Seoul National University), Koryo universiteti (Koreya University) va Yonsey universiteti (Yonsei University) rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. |
Turizm tarmog‘ini rivojlantirishda AKTdan foydalanish masalalari muhokama etildi 08.11.2017Texnologiyalar2017 yilning 7 noyabr kuni Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi “Turizm tarmog‘ini rivojlantirishda AKTdan foydalanish” mavzusida seminar o‘tkazdi. |
Vazirlikda Microsoft vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 07.11.2017TexnologiyalarBugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Microsoft korporatsiyasining MDH mamlakatlaridagi bosh direktori Ronald Binkofski bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. |
Axborot xavfsizligining yangi tendensiyalari o‘rganilmoqda 31.10.2017TexnologiyalarToshkentda “Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Muammolar va ularni yechish yo‘llari” mavzuida an’anaviy yillik seminar bo‘lib o‘tdi. |
Kompyuter ekspertizasi joriy etiladi 30.10.2017TexnologiyalarMamlakatimiz sud espertiza tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda. |
«BestSoft Challenge 2017» tanlovda ro‘yxatdan o‘tish muddati 2017 yil 31 oktyabrgacha uzaytirildi 20.10.2017TexnologiyalarKo‘p sonli so'rovlarga ko‘ra, «BestSoft Challenge 2017» tanlovi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish muddati 2017 yil 31 oktyabrgacha uzaytirildi va quyidagi muddatlar belgilandi: |
UZ milliy domen zonasi: yangi istiqbol va imkoniyatlar 20.10.2017TexnologiyalarUZ milliy domen zonasi ma’muriyati “Uzinfocom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yuqori darajali milliy domenlar assotsiatsiyasi (APLTD) a’zosiga aylandi. Tegishli qaror assotsiatsiya a’zolarining 72-anjumanida qabul qilindi. |
IBM delegatsiyasi vazirlikka tashrif buyurdi 12.10.2017Texnologiyalar11-oktabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida IBM kompaniyasining MDH mamlakatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda raqamli texnologiyalarga o‘tish, iqtisodiy sohalar, shuningdek ta’lim, tibbiyot, telekommunikatsiya va boshqa sohalarga IBM'ning innovatsion yechimlarini joriy qilish masalalari muhokama qilindi. |
Telekom xizmatlari uchun narxlar oshmaydi! 12.10.2017TexnologiyalarBugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha aloqa xizmatlari operatorlari va internet-provayderlari rahbarlari ishtirokida xizmatlar uchun narx tarifi siyosatini tartibga solish yuzasidan amalga oshirish zarur birlamchi vazifalarga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi vazirlik rasmiy sayti. |
Singapur delegatsiyasi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi faoliyati bilan tanishdi 10.10.2017TexnologiyalarO‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Singapurning Hamkorlik bo‘yicha davlat agentligi bosh ijrochi direktori Kong Vi Mun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. |
O‘t o‘chirish tizimida yangi texnologiyalar qo‘llanilmoqda 06.10.2017TexnologiyalarPoytaxtimizdagi barcha xavfsizlikni ta’minlash tizimlari ishini nazorat qilish uchun ko‘plab manbalardan keluvchi turfa axborotlarni jamlash, birlashtirish, tahlil qilish va guruhlarga bo‘lishga qodir kompleks axborot tizimi zarur. Prezidentimizning 2017-yil 29-avgustdagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq yaratilgan "Xavfsiz shahar" yagona apparat-dasturiy majmuasi aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi. |
Yevropa tiklanish va rivojlanish banki delegatsiyasi tashrif buyurdi 04.10.2017Texnologiyalar2 oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yevropa tiklanish va rivojlanish bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiya bilan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. |
Mirzo Ulug‘bek nomidagi innovatsiya markaziga press-tur uyushtirildi 27.09.2017TexnologiyalarJoriy yilning 26 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi innovatsiya markaziga press-tur uyushtirildi. |
Toshkentda robototexnika bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi 14.09.2017TexnologiyalarJoriy yil 20-21-sentabr kunlari «O‘zekspomarkaz" MKM pavilyonlarida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda «Central Asia Robot Challenge» (CARC) robototexnika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi. «ICTWEEK Uzbekistan – 2017» AKT haftaligi doirasida o‘tkaziladigan musobaqa yurtimiz sport robototexnikasi sohasidagi muhim hodisalardan biri bo‘lishi shubhasiz. |