O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mirzo Ulug‘bek nomidagi innovatsiya markaziga press-tur uyushtirildi

2017-09-27 | Texnologiyalar

Joriy yilning 26 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi innovatsiya markaziga press-tur uyushtirildi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 30 iyunida e’lon qilingan “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ko‘ra, AKT mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, shuningdek mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek nomidagi innovatsiya markazi tashkil etildi. Markazga O‘zbekistonning barcha hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan dastur ishlab chiqaruvchilari a’zo bo‘lishlari mumkin.

Markaz oldiga:
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishlab chiqaruvchilari uchun tashkiliy-texnik, iqtisodiy-moliyaviy sharoitlarni yaratish;
- ichki va tashqi bozorlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobatbardosh loyihalarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
- qobiliyatli yoshlarning “start-ap” loyihalarini amalga oshirishlariga ko‘maklashish;
- chet ellik mutaxassislar ishtirokida qisqa va o‘rta muddatli ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil qilish;
- AKT uchun kadr tayyorlaydigan o‘quv yurtlariga mehnat bozorida kadrlarga qo‘yiladigan talablar, jumladan, malakaga bo‘lgan o‘zgarishlar va yangi ixtisosliklar to‘g‘risida ma’lumot berish;
- AKT sohasi mutaxassislari, jumladan xorijlik ekspertlar ishtirokida mutaxassislar uchun seminarlar va treninglar, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish;
- Markaz a’zolariga loyiha ishlab chiqilishini moliyalashtirish yuzasidan investorlar yoki kreditorlarni topishda yordam ko‘rsatish kabi vazifalar qo‘yilgan.
Innovatsiya markazi rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslar kompyuter dasturlash, maslahat berish va boshqa qo‘shimcha xizmatlar, ma’lumotlarni joylashtirish va qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar, Web-portallar yaratish, shuningdek, AKT sohasidagi faoliyatning belgilangan boshqa turlaridan birini amalga oshirishlari kerak.

Innovatsiya markazi rezidentlari:
O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish yo‘li bilan, o‘zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan olinadigan tushum doirasida naqd pulsiz shaklda dividendlar va xodimlarga ish haqi to‘lash bo‘yicha xorijiy valyutada hisob-kitoblarni amalga oshiradilar;
Eksport kontraktisiz butunjahon Internet axborot tarmog‘idagi onlayn magazinlar orqali xorijiy valyutaga ishlar va xizmatlar eksportini amalga oshiradilar.
22 sentyabrda Innovatsiya markazining ilk 28 nafar rezidentlariga a’zolik guvohnomasi topshirildi. Matbuot tadbiri davomida OAV vakillari ilk a’zoga aylangan bir nechta kompaniyalarga tashrif buyurib, jarayon bilan bevosita tanishdilar.

Qayd etilganidek, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar rezidentlari 2028 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalar, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan, bojxona to‘lovlari to‘lashdan, o‘zi ishlab chiqaradigan tovarlarni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan ozod etiladi.
Farmonga muvofiq, Innovatsiya markazi rezidentlari va xodimlar o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha 2028 yil 1 yanvargacha olingan mehnatga haq to‘lash shaklidagi daromadlar belgilangan 7,5 foizli stavka bo‘yicha jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqqa tortiladi, 4,5 foizli stavka bo‘yicha – fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga kiritadigan sug‘urta badallariga tortiladi;
jismoniy shaxslarning soliqqa tortish maqsadlarida belgilanadigan jami yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi.

Innovatsiya markazi rezidentlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijdagi tijorat banklari hisob raqamlarida xorijiy valyutada mablag‘lar saqlash va hisob raqamiga ega bo‘lish, ulardan mustaqil ravishda foydalanish huquqiga egadirlar.

Press-tur davomida markazga a’zo bo‘lgan ilk ishlab chiqaruvchilar sifatida DataSite Technologies hamda NewMax Technology kabi kompaniyalarga tashrif buyurildi. Qizg‘in suhbatlarda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Поделиться