O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilandi

16.09.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-sentabr kuni suv xo‘jaligida tejamkor texnologiyalarni joriy etish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

16.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Joriy yilning 15-sentabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Telegram’da tarqalgan zararli fayl haqida ma’lumot

15.09.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Sentabr oyi boshida “Telegram”dagi kanallar va guruhlarda fotosurat fayliga o‘xshash zararli ilova tarqalgani, internet foydalanuvchilari bu kabi fayllarni yuklab olib o‘rnatishi oqibatida, qurilmaning dasturiy ta’minotiga zarar yetishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - aholi uchun qulay onlayn xizmatlar majmuidir

14.09.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Fuqarolarning davlat organlari bilan aloqasini elektron platforma orqali amalga oshirish, ya’ni davlat o‘z fuqarolari uchun elektron xizmatlar ko‘rsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ana shu maqsadda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz) ishlab turibdi.

Chastota spektridan samarali foydalanish-AKT rivojidagi muhim omil

10.09.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugungi globallashgan axborot asrida simsiz aloqa tizimlari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa radiochastota resursini boshqarish va muvofiqlashtirish kabi muhim vazifalarni kun tartibiga qo‘ymoqda.

Internetda turli buyumlar, mahsulotlar savdosini taklif qilib, elektron hisobdagi mablag‘larni o‘zlashtirib oluvchi firibgarlardan ogoh bo‘ling!

09.09.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Butun dunyoda 15-martdan buyon davom etayotgan koronavirus pandemiyasi davrida onlayn xaridlar, aholi orasida elektron tijorat, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali savdoni amalga oshirish yanada ommalashdi. Xususan, O‘zbekistonda ham Facebook, Instagram, Telegram va Whatsap kabi ilovalarda internet foydalanuvchilari o‘zaro oldi-sotdi ishlarini amalga oshirmoqda.

Xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha navbatdagi vebinar

09.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishining 2-bayonnomasi 5–bandi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi joriy yilning 8-sentabr kuni Moliya vazirligi tomonidan navbatdagi vebinar tashkillashtirildi. Vebinar Jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi”, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi” va INSEAD universiteti hamda Cornell tashkilotining “Global innovasiyalar indeksi” mavzulariga bag‘ishlandi. 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga hujjatlar qabuli va imtihonlar onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi

08.09.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021 o‘quv yili uchun 5-9 sinflarga o‘quvchilar qabuli boshlanganligini e’lon qiladi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

08.09.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat hokimiyati organlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, respublika miqyosida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar o‘tkazildi

05.09.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i B. Ismailov hamda Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat huquqi kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi o‘qituvchisi S. Mamanov ma’ruza qildi.

Chekka hududda ham yangi DXM

02.09.2020JamiyatManba: Davlat xizmatlari agentligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumani Davlat xizmatlari markazi avval eski binoda faoliyat koʻrsatayotgan edi. Bu yerda aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun deyarli sharoit boʻlmaganligi uchun ham davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi asosiy tamoyillarga javob berishda noqulayliklar tugʻdirardi.

Texnopark: har 19 sekundda bitta mahsulot

29.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Davlatimiz rahbari o‘tgan yili iyunda Yashnobod tumanidagi Texnoparkda rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishgan, bu yil fevralda elektron gaz hisoblagich korxonasi ishga tushirilgan edi.

Normativ-huquqiy hujjjatlarni ishlab chiqish va kelishish bo‘yicha yagona elektron tizim muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn seminar

27.08.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Joriy yilning 27-avgust kuni Adliya vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — “project.gov.uz”dan foydalanishda aksariyat vazirlik va idoralarning yuridik xizmati hamda mazkur hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etuvchi xodimlar malakasini oshirish maqsadida videokonferens-aloqa tizimi orqali onlayn seminar o‘tkazildi.

Ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi arxiv ma'lumotnomalarni olish soddalashtirildi

26.08.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” PQ-4463-son qaroriga muvofiq hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 495-son qarori qabul qilindi.

Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

05.08.2020HujjatlarManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Sudlar faoliyatini yana-da takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

24.07.2020HujjatlarManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Jizzax shahrida “Yosh dasturchilar” Birinchi forumi o‘tkazildi

18.06.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”da O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax shahar kengashi hamda mahalliy dasturlash korxonalari vakillari tomonidan hamkorlikda “Yosh dasturchilar” Birinchi forumi tashkil etildi.

Pandemiya elektron savdolar orqali yer-mulk olishga ijobiy taʼsir qilmoqda

18.06.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Milliy matbuot markazida pandemiya davrida uy-joy qurish va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun yer uchastkalarini olish tartibi masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.