O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Telekom xizmatlari uchun narxlar oshmaydi!

2017-10-12 | Texnologiyalar

Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha aloqa xizmatlari operatorlari va internet-provayderlari rahbarlari ishtirokida xizmatlar uchun narx tarifi siyosatini tartibga solish yuzasidan amalga oshirish zarur birlamchi vazifalarga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi vazirlik rasmiy sayti. 

Uchrashuvda «O‘zbektelekom» AK abonentlarining, shuningdek hamkorlarning murojaat hamda istaklarini inobatga olgan holda, 20 oktyabrdan ayrim tariflarni oshirish bo‘yicha qarorning bekor qilingani qayd etildi. 

Ta’kidlangani kabi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, barcha operator va provayderlarga tariflar uchun narxlarni veb-sayt va ommaviy axborot vositalarida milliy valyutada ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, farmon asosida xizmatlar uchun tarif narxlarining keskin oshirilmasligini ta’minlash bo‘yicha ham topshiriqlar berilgan. 

Uchrashuvda mobil aloqa operatorlariga qisqa muddat ichida mobil aloqa bilan qamrab olinmagan aholi punktlarini, shuningdek aholi yashaydigan hududlarni bog‘laydigan magistral avtomobil hamda temir yo‘llarini aloqa signallari bilan qamrab olish yuzasidan topshiriq berildi. 

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga abonentlarga barcha turdagi telekommunikatsiya xizmatlarining sifatli ko‘rsatilishini qattiq nazoratga olish vazifasi yuklatildi.

Поделиться