O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Singapur delegatsiyasi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi faoliyati bilan tanishdi

2017-10-10 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Singapurning Hamkorlik bo‘yicha davlat agentligi bosh ijrochi direktori Kong Vi Mun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekistonda "Elektron hukumat" tizimini yanada rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, aholi o‘rtasida ommabop bo‘lgan samarali interaktiv xizmatlar sonini oshirish masalalari muhokama qilindi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizning aksariyat vazirlik va idoralari tomonidan zamon talablariga javob beradigan hamda "Elektron hukumat" tizimi bilan o‘zaro aloqa qiluvchi shaxsiy kompleks axborot tizimi va ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan va yo‘lga qo‘yilgan. 

Mamlakatimiz mutaxassislari singapurlik hamkasblari bilan axborot texnologiyalari sohasidagi keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum doirasida tomonlar "Elektron hukumat" tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish masalalari bo‘yicha hamkorlik xususida kelishib oldilar. Hujjatda, shuningdek, AKT sohasini me’yoriy-huquqiy jihatdan tartibga solish sohasidagi o‘zaro munosabatlar, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari bilan bog‘liq ma’muriy jarayonlarni optimallashtirish, AKT sohasida sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmat, transport xizmatlari, kadrlar tayyorlash kabi muhim sohalarni bosqichma-bosqich axborotlashtirish va avtomatlashtirish ko‘zda tutilgan.

 

Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться