O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirlik «Siemens» kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

2017-11-16 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida 15-noyabr kuni “Siemens AG” konsernining Myunxenda joylashgan bosh qarorgohida bo‘lib, uning Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha prezidenti Azi Roland Bush bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar “Xavfsiz shahar” kontsepsiyasini amalga oshirishda ikki tomonlama hamkorlik qilishni muhokama qilib, mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Siemens” o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Xususan, mazkur yo‘nalishda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning kompleks yechimini joriy qilish, shahar infratuzilmasi va transport xo‘jaligini evakuatsiya qilish tizimini yaratishda AKT dan foydalanish, shuningdek elektr tarmoqlarida “aqlli tarmoqlar” (Smart Grid) texnologiyasidan foydalanish bo‘yicha hamkorlik qilinadi.

“Innovatsiya va raqamlashtirishda katta tajribaga ega muassasa sifatida biz O‘zbekiston bilan sanoatni, shahar infratuzilmasi va energetika, sog‘liqni saqlash sohalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga tayyormiz. Misol uchun, “internet buyumlari” tendensiyasi uchun biz taklif qilayotgan operatsion tizimlar bugungi kunda shaharlar xavfsizligini ta’minlash hamda qulayligini, shuningdek raqobatbardoshlik va barqaror taraqqiyotni oshirishda muhim ahamiyatga ega”, deydi “Siemens AG” boshqaruvi a’zosi Roland Bush.

Hamkorlik doirasida Siemens kompaniyasining boshqa yo‘nalishlardagi muvaffaqiyatli ishlanma va texnologiyalarini o‘rganish ham ko‘zda tutilgan. Bu borada yetakchi ekspertlar ishtirokida o‘quvlar, mashg‘ulot-seminarlar, konferentsiyalar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Поделиться