O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT

"ICTWEEK UZBEKISTAN–2017" AKT haftaligi bo‘lib o‘tadi

13.09.2017Texnologiyalar

Ilg‘or texnologiyalar yarmarkalari, festival va ko‘rgazmalari doim jamiyat rivoji va innovatsion ishlanmalar integratsiyasiga yangi sur’at bag‘ishlagan, olim va ixtirochilarni yangi g‘oyalarga ilhomlantirgan. "ICTWEEK UZBEKISTAN" an’anaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi ham aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi.

Yagona integrator AKT sohasi taraqqiyotiga xizmat qiladi

05.09.2017Texnologiyalar

“Elektron hukumat” tizimi yaratilgani mamlakatimizda fuqarolik jamiyati yanada rivojlanishiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri bo‘ldi. Bu tizim davlat tashkilotlari, biznes va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatning samarali mexanizmi shakllanishi, talab yuqori bo‘lgan yangi interaktiv davlat xizmatlarini ishlab chiqishga zamin yaratdi. Bu davlat axborot tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydigan Yagona integrator yordamida mazkur tizim taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tardi.

Telekommunikatsiya xizmatlari so‘mli tarifga o‘tkaziladi, narxlarning ko‘tarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

04.09.2017Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» PF-5177-son farmonining qabul qilinishi munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida barcha mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlari rahbarlari ishtirokida tarif siyosatini tartibga solish bo‘yicha birlamchi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

AKT vazirligi va Unitel: TATU dunyo OTMlarining TOP-1000ligiga kiritiladi

04.09.2017Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021 yillarda rivojlantirish strategiyasi doirasida 30 avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Unitel” MChJ o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Memorandum imzolandi. Mazkur hujjat O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalarini rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Butunjahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

25.08.2017Texnologiyalar

22 avgust kuni vazirlikda Butunjahon banki shtab-kvartirasi AKT loyihalari katta koordinatori O.Petrov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti soha oldiga qo‘ygan ustuvor vazifalarni amalga oshirilishi muhokama qilindi

24.08.2017Texnologiyalar

22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 2017 yilda soha oldida turgan ustuvor vazifalar hamda ularning ijrosi muhokama qilindi. Hay’at yig‘ilishida vazirlikning hududiy boshqarma hamda tizimdagi muassasalarning joylardagi bo‘linmalari videokonferensaloqa yordamida qamrab olindi. Kun tartibiga ko‘ra, yig‘ilishda 5 ta muhim masala ko‘rib chiqildi. 

AKT sohasidagi xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda

18.08.2017Texnologiyalar

“Unicon.uz” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi ochiq dasturiy ta’minot texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi sheriklikni mustahkamlash maqsadida Janubiy Koreyaning “Bridgesoft inc” kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

«ICT FORUM 2017» forumiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

09.08.2017Texnologiyalar

Joriy yilning 20-21-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma markazida “ICTWEEK Uzbekistan 2017” haftaligi doirasida “ICT FORUM 2017” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi bo‘lib o‘tadi. Unda axborot texnologiyalari bo‘yicha mamlakatimiz va xorijiy mutaxassislar sohani yanada rivojlantirishga oid zamonaviy yondashuvlarga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

Yosh dasturchilar tanlovi boshlandi

07.08.2017Texnologiyalar

Mamlakatimizda istiqbolli g‘oyaga ega va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion loyihalar tayyorlaydigan yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonda softver sanoatini rivojlantirish va innovatsion korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish imkonini bermoqda.

AKT vazirligida uchrashuv

21.07.2017Texnologiyalar

20 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining infratuzilma, kadrlar resurslari va texnologiyalar masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi X.Qayumiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Analog teleeshittirishlarni to‘xtatish va butunlay raqamli teleeshittirishlarga o‘tish ishlari amalga oshirilmoqda

21.07.2017Texnologiyalar

Joriy yil 17-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining «Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 502-son qarori qabul qilindi.

Migratsiya jarayonlari axborotlashtirilmoqda

18.07.2017Texnologiyalar

Ayni paytda butun dunyoda migratsiya jarayonlari va qidiruv faoliyatini nazorat qilishda elektron axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasidan keng foydalanilmoqda. Mamlakatimizda ham shunday tizimlar faol joriy etilayotir.

AKT vazirligi va SAP o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

11.07.2017Texnologiyalar

10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «SAP SNG» kompaniyasi o‘rtasida respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida hamkorlik bo‘yicha Memorandum imzolandi.

AKT haftaligida ishtirok etishning yana bir afzalligi

10.07.2017Texnologiyalar

5 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining “ICTWEEK Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Mutaxassislar tajriba almashdi

03.07.2017Texnologiyalar

Пойтахтимизда мамлакатимиз ахборот-коммуникация технологиялари саноатини ривожлантириш ва иқтисодиётимизни юксалтиришда АКТнинг ролига бағишланган тадбир бўлиб ўтди. Унда Беларусь Республикаси Юқори технологиялар парки мутахассислари ҳам иштирок этиб, кўп тармоқли ахборот инфратузилмасини яратиш ва ёш дастурчилар ташаббуслари ва лойиҳаларини қўллаб-қувватлаш бўйича ўз тажрибаси билан ўртоқлашди.

Microsoft delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

22.06.2017Texnologiyalar

20 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Microsoft korporatsiyasining MDH davlatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Irina Volk boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Axborot texnologiyalari vazirligi 2017 yilda 5151 ta murojaatni qabul qildi

16.06.2017Texnologiyalar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi mamlakatimizda eng yirik auditoriyaga xizmat ko‘rsatuvchi tizimlardan biri hisoblanadi. 

SAP kompaniyasining MDH davlatlari bilan ishlash bo'yicha direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

14.06.2017Texnologiyalar

13-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida SAP kompaniyasining MDH davlatlari bilan ishlash bo'yicha direktori I.Yurev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Komputerlashtirish va kelajak kasblari

13.06.2017Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida shu mavzuga bag‘ishlab tashkil etilgan seminarda jamiyatni komputerlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning mehnat bozoridagi o‘zgarishlarga hamda yangi mutaxassisliklar paydo bo‘lishiga ta’siri muhokama qilindi.

Vazirlikda raqamli soha istiqboli uchun zarur kasbiy ko'nikma va salohiyat muhokama qilindi

09.06.2017Texnologiyalar

2017 yilning 7 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida "AKT sohasida HR: raqamli soha yetakchilarining salohiyati va kasbiy istiqboli" mavzuida ochiq seminar tashkil etildi. Unda tizimdagi muassasalarning 40 dan oshiq rahbarlari, mutaxassislar ishtirok etdilar.