O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT delegatsiyasi Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazdi

2017-11-24 | Texnologiyalar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti rahbariyatidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi yetakchi oliygohlari - Seul milliy universiteti (Seoul National University), Koryo universiteti (Koreya University) va Yonsey universiteti (Yonsei University) rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga amalga oshiradigan davlat tashrifi arafasida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston tomoni koreys oliy ta’lim muassasalariga O‘zbekistonda arxitektura, shaharsozlik va fuqarolik muhandisligi yo‘nalishlarida filiallar ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, mazkur masalani o‘rganish uchun ishchi guruhlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Xanyang texnologiya universiteti (Hanyang University) bilan ham uchrashuv rejalashtirilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasidagi Inha universiteti prezidenti Sunya Choy xonim bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Unda Toshkent shahridagi Inha universiteti ta’lim dasturlarini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Xususan, elektron biznes bilan bog‘liq bakalavriat ta’lim yo‘nalishini ochish zarurati qayd etildi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ikki universitet vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetida magistratura dasturini ochish hamda universitetning uch nafar talabasiga Janubiy Koreyada magistraturada ta’lim olish uchun grant taqdim etish yuzasidan bayonnoma imzolashdi.

Поделиться