O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tibbiyot sohasida turk investorlari bilan memorandum imzolandi

2018-06-18 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son Farmoni va “2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 19 maydagi PQ-2980-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida bugun viloyatda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018-yil 16-17 fevral kunlari Buxoro viloyatiga tashriflari chog‘ida Peshko tumani Afshona qishlog‘idagi Abu Ali ibn Sino merosiy majmuasini tashkil etish va mazkur joyda Respublika tibbiyot bilim yurtlari va oliygohlari bitiruvchi talabalari qasamyodini an’anaviy tarzda tashkil etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari asosida, qomusiy olim Abu Ali ibn Sino nomini tarix zarvaraqlariga muhrlab, uni dunyoda keng targ‘ib qilish hamda Afshona qishlog‘iga turistik oqimni jalb etish maqsadida xalq tabobati markazi, ekopark, suv havzasi, choyxona, kitoblar rastasi, kutubxona va zamonaviy mehmonxonalarni o‘zida mujassam etgan me’moriy kompleks qurilishi rejalashtirilgan.

Shu maqsadda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Turkiyaning “Mest Medifema Assistance” kompaniyasi investorlari bilan uchrashdi. Turk delegatsiyasi Buxoro davlat Tibbiyot institutida viloyat hokimligining mutasaddi rahbarlari, institut rektori hamda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i bilan uchrashishdi. Tashrif doirasida delegatsiya kompleks qurilishi rejalashtirilgan hududni ko‘zdan kechirib, Buxoro davlat tibbiyot instituti bakalavr va magistr bitiruvchi talabalarining Ibn Sino haykali poyiga gulchambar qo‘yib, qasamyod qabul qilish marosimida ishtirok etishdi.

Kunning ikkinchi qismida esa Viloyat hokimligi binosida yig‘ilib, Viloyat hokimi va kompaniya direktori o‘rtasida memorandum imzolandi.

Поделиться