O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aqlli tibbiyot sifatni yaxshilaydi

2018-06-28 | Sog‘liqni saqlash

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari va Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitalari tomonidan “Aholiga tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridanfoydalanish holati va istiqbollari” mavzuidakonferensiya o‘tkazildi.

Aholi salomatligini muhofaza qilishda zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi sohadagi bir qator masalalarning yechimida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai-nazardan tadbir davomida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash hisobiga aholiga yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish, uning sifatini, foydalanish qulayligi va tezkorligini ta’minlash sohasida huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishning zamonaviy usullarini joriy qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu sohada huquqni qo‘llash amaliyoti tizimini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
 
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunining Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi muassasalarida ijro etilish holatini o‘rganish bo‘yicha nazorat-tahlil faoliyati haqida fikr yuritildi.
 
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlash sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, ularning turini kengaytirish va foydalanishga qulayliklar yaratishga asos bo‘ladigan, tibbiyot sohasining ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirishga qaratilgan ko‘plab muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.
 
“MЕDKARTA” AAT O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining tibbiy kartalarini boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, “Ijtimoiy xizmat va yordam oluvchi keksalar hamda nogironlarni hisobga olish, shuningdek, ijtimoiy himoya sohasida aholiga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish” idoralararo axborot tizimini yaratish loyihalari bunga misol bo‘ladi.
 
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda Yagona tibbiy axborot markazi va “Aqlli tibbiyot” tizimini joriy qilish bo‘yicha ishlar boshlangan. Yagona tibbiy axborot markazi va “Aqlli tibbiyot” tizimini joriy qilish tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, kasalliklarni oldindan aniqlash darajasini oshirish hamda ularni masofadan profilaktika qilishni joriy etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
 
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni bosqichma-bosqich, tizimli ravishda amalga oshirish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda bemorlarni davolash uchun keng imkoniyatlar yaratadi, shuningdek, millat genofondini yaxshilash, axolining sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni ijobiy tomonga o‘zgartirish, barcha aholi qatlamlarining, ayniqsa, ayollar va bolalarning sog‘lig‘ini himoya qilishni kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi.
 
Sog‘liqni saqlash tizimida O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni talablari to‘liq ijro etilmaslik holatlari ham uchrab turibdi. Jumladan, tibbiyotga oid dolzarb davlat axborot tizimlari va resurslari belgilangan muddatlarda to‘liq ishga tushirilmayapti. Misol uchun, Sog‘liqni saqlash vazirligining “Sog‘liqni saqlash” kompleks axborot tizimi, “Ijtimoiy himoya” axborot tizimi va boshqalarni yaratish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda kechikishlar kuzatilmoqda.
 
Tibbiyot xodimlarining axborot-kommunikatsiya soxasidagi bilim darajasi pastligi, ularning zamonaviy tibbiy texnologik uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalarining yetishmasligi kabi holatlar ham afsuski, uchrab turadi. Tibbiyot sohasining telekommunikatsion infratuzilmasi rivojlanmasdan va texnologik talablarga javob bermasdan qolmoqda. Kompyuter texnikalari bilan ta’minlash parametrlari ham bugungi kun talablariga javob bermaydi.
 
Tadbir davomida qo‘mitalar tomonidan “telemeditsina” va “smart-sog‘liqni saqlash” tizimini faol joriy etishga qaratilgan qonunchilikka tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar tayyorlanayotgani aytib o‘tildi hamda uni takomillashtirish maqsadida tibbiy amaliyotning muhim jihatlari muhokama qilindi.
 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Поделиться