O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahar xokimligi xabar qiladi
2018-05-04 | Sog‘liqni saqlash
Poytaxt aholisiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish, kasalliklar profilaktikasi, patronaj hamda ona va bola salomatligini saqlash borasida qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida har biri 250 o'rinli 2 ta va Yashnobod va Uchtepa tumanlarida 1 tadan 250 o'rinli zamonaviy oilaviy poliklinikalar quriladi.
Shu maqsadda Toshkent shahar hokimining qarori bilan Yunusobod va Yashnobod tumanlaridan oilaviy poliklinikalar qurilishi uchun er uchastkalari ajratib berildi.
Misol uchun Yunusobod tumanida 326 600 ta, Yashnobod tumanida 227 800 ta axoli istiqomad qiladi va ularga 2 ta markaziy ko'p tarmoqli va 14 ta oilaviy poliklinika xizmat ko'rsatadi.
Oilaviy poliklinikalar zamonaviy, energiyatejamkor, yangi shaharsozlik talablari asosida barpo etiladi va jihozlanadi.
Yangi qurilayotgan oilaviy poliklinikalar poytaxtimiz aholisiga geografik qulay joylashuvi jixatidan o'z vaqtida sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish, kasalliklar profilaktikasi hamda onalar va bolalar salomatligini ta'minlashga xizmat qiladi.