O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farmatsevtika korxonalari soni ko‘payadi

2018-04-30 | Sog‘liqni saqlash

So‘ngi ikki yil mobaynida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi va erkin muomalasini ta’minlashga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Farmatsevtika tarmog‘ining davlat boshqaruvi tizimi qayta ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. 

Mazkur agentlik zimmasiga Prezidentimizning tegishli farmon va qarorlari ijrosini hayotga tatbiq etish, mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bilan bog‘liq qator vazifalar topshirildi. Ayni paytda farmatsevtika sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, bu yo‘nalishda xorijdagi yetakchi ishlab chiqarish kompaniyalari bilan aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotir. 

18-26 aprel kunlari O‘zbekiston ishbilarmon doiralari delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga uyushtirilgan tashrifidan ham ana shunday maqsad ko‘zlangan edi. O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A. Abdullayev, "Zomin-Farm" erkin iqtisodiy zonasi rahbari A. Nazarov, Toshkent va Jizzax viloyati hokimlarining o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Mazkur tashrif doirasida Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi Xitoyning farmatsevtika sohasidagi yirik davlat korporatsiyalari – "China Meheco Corparation", "Xitoy Sinopharm International Corparation", "Avic International Ingeneering Company", "Ziu Zhi Co, Ltd" va boshqa shu kabi nufuzli kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Muloqotlar chog‘ida mamlakatimizda talab katta bo‘lgan dori vositalarining substansiyalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yurtimizda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani birgalikda ishlab chiqarishni tashkil qilish, vaksinalar va tarkibida zardob saqlovchi preparatlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish, mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarining yuqori sifatli Xitoy mahsulotlaridan foydalana olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama etildi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari «China Sinopharm International Corparation» va “National Vaccine and Serum Institute” vaksina zavodiga tashrif buyurdi. 

Pekin integratsiya rivojlantirish xizmati “Shenteihe” MChJ bilan O‘zbekiston Respublikasida qattiq dori shakllari: tabletkalar, kapsulalar va kukun shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga ko‘ra, umumiy qiymati 6 million AQSh dollariga teng shartnoma imzolandi. Loyiha 2018-2020 yillarda “Zomin-Farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumot: bugungi kunda mamlakatimizda 150 dan ortiq farmatsevtika korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan 2500 nomga yaqin dori-darmondan tibbiyotimiz amaliyotida keng foydalanilyapti. 

Поделиться