O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijonda “Profilaktik tibbiyot: bugunva ertaga” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi

2018-06-11 | Sog‘liqni saqlash

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) hamda Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda profilaktik tibbiyot sohasida yangi texnologiyalardan samarali foydalanish, surunkali noinfeksion hamda yurak qon-tomir kasalliklari profilaktikasida qo‘llaniladigan usullarni takomillashtirish, turli xastaliklarning xavfli omillarini o‘rganish va ularni bartaraf etish masalalari muhokama etildi.

Anjumanda mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlar bilimi, mahorat va tajribasini yuksaltirish, kasalliklarni aniqlash va davolashda fan yutuqlaridan, shuningdek, profilaktik tibbiyot sohasida yangi texnologiyalardan samarali foydalanish, amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
 
– Bugun butun dunyoda profilaktik tibbiyot sohasida yangi va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish muhim va dolzarb yo‘nalishlardan hisoblanadi, – deydi Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madaminjon Madazimov. – Mazkur anjuman ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, ilg‘or ish uslublari va tajribalarni ommalashtirish, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
 
Anjuman doirasida mamlakatimiz, shuningdek, yurtimizda faoliyat olib borayotgan xorijiy tibbiy va farmatsevtik kompaniyalarning dori-darmonlari, jihoz va vositalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 
Andijon davlat tibbiyot instituti va klinikasida turli mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini sifat jihatdan yanada yuqori darajaga ko‘tarish, mutaxassislarning bilimi, malaka va tajribasini yuksaltirish, xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikni, xalqaro aloqalarni kengaytirish, davolashda ilg‘or va yangi texnologiyalarni qo‘llash masalalari xususida fikr almashildi.
 
Anjuman doirasida Rossiya, Germaniya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlaridan tashrif buyurgan olimlar mavzu doirasidagi ma’ruzalari bilan qatnashib, mahorat darslari o‘tkazdi.
 
– O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan bir necha yildan buyon hamkorlik qilib kelamiz, – deydi rossiyalik olim, Moskva viloyati ilmiy-tadqiqot instituti endoskopik xirurgiya bo‘limi rahbari, professor Aleksandr Popov. – Yurtingizda tibbiyot sohasida tahsinga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tibbiyot profilatikasi sohasida erishilayotgan yutuqlarni alohida e’tirof etish joiz.
 
Anjuman doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida rossiyalik va germaniyalik mutaxassislar tomonidan 20 ga yaqin jarrohlik operatsiyalari o‘tkazilishi belgilangan.
 

 

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA

Поделиться