O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tibbiyot qo‘lqoplari endi o‘zimizda ishlab chiqariladi

2018-05-02 | Sog‘liqni saqlash

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi Jalabek qishlog‘ida yiliga 33 million juft tibbiyot qo‘lqopi ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ish boshladi. 

Jumladan, Oltinko‘l tumanidagi “Gold grawn farma” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tibbiyot qo‘lqoplari ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. 

Umumiy qiymati 17 milliard so‘mdan ortiq mazkur loyiha doirasida barpo etilgan korxona hududi 1,5 gektardan iborat. Qurilish-montaj ishlari uchun 7 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu zamonaviy korxonada ishchi-xizmatchilarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Korxona hududi, atrofida katta xajmdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. 

Ayni paytga qadar yurtimizga jarrohlik qo‘lqoplari asosan chetdan keltirilar edi. Zavodning ishga tushirilishi bilan ushbu vositaga bo‘lgan ehtiyoj to‘la qondiriladi. Bu yerga xorijdan 1 million 200 ming dollarlik zamonaviy uskuna va texnologiyalar keltirib o‘rnatildi. 

– Korxonamizda yiliga 33 million juft sterillangan va sterillanmagan sifatli tibbiyot qo‘lqoplari ishlab chiqariladi, – deydi “Gold grawn farma” MCHJ rahbari Rustam Haydarov. – Mahsulotimizni ichki bozordan tashqari qo‘shni davlatlarga eksport qilish ham rejalashtirilgan. 

Zavod ishga tushirilishi bilan 120 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Ularning 70 foizi xotin-qizlardir. 
 

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA 

Поделиться