O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Har bir inson doimiy mehr va e’tiborda

2018-05-02 | Jamiyat

Poytaxtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining ahamiyati, maqsad va mohiyatiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari B.Yusupaliyev va boshqalar mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qismini manzilli himoyalash davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidladi. 

BMT Bolalar jamg‘armasi – YUNISЕFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Afshin Parsi mazkur hujjat nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy, ma’naviy, moddiy asoslarini yangi bosqichga ko‘tarishini aytdi. Ushbu xalqaro tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan doimiy hamkorlik qilib kelmoqda. 

Mamlakatimizda alohida ehtiyojli fuqarolarga tibbiy, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslarga uylarida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi. Ehtiyojmand fuqarolar reabilitatsiya texnik vositalari, protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi. Imkoniyati turlicha bo‘lgan shaxslarning bemalol harakatlanishi uchun bino va inshootlarda pandus va tutqichlar o‘rnatilmoqda. Pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslarni sanatoriyalarda sog‘lomlashtirish, alohida ehtiyojli shaxslarga reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatishga e’tibor qaratilmoqda. 

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tashkil etilishi ijtimoiy sohadagi islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Jamg‘arma mablag‘lari nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘mak berish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, reabilitatsiya sifatini oshirish va boshqa tibbiy-ijtimoiy loyihalarga yo‘naltiriladi. 

– Nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalar doimiy tibbiy-ijtimoiy ko‘makka ehtiyoj sezadi, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish muassasalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Alisher Inoqov. – Ular sog‘lig‘ini mustahkamlash maqsadida yurtimizda 11 ta reabilitatsiya va protezlash markazi, 8 ta sanatoriya mavjud. Shuningdek, 33 ta Muruvvat va Saxovat uylari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur muassasalar tuzilmasini modernizatsiyalash, sohaga ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etishga e’tibor qaratilmoqda. 

 

Nazokat Usmonova, O‘zA

Поделиться