O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog‘liqni saqlash vaziri Janubiy Koreyaning Adju universiteti prorektori bilan uchrashdi

2018-07-23 | Sog‘liqni saqlash

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida turli sohalar, xususan, sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish bilan bog‘liq qator shartnomalar imzolangan edi. Ushbu kelishuvlar doirasida Janubiy Koreyaning tibbiyot oliy o‘quv yurtlari filial va klinikalarini yurtimizda tashkil etish bo‘yicha hamkorlik bitimlari ham tuzilgan.

Shu munosabat bilan kuni kecha Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov bilan Janubiy Koreyaning Adju universiteti prorektori Lim Jeyk o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida Adju universitetining yurtimizda filiali va klinikasini tashkil etish, uni samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, kadrlar ta’minoti bo‘yicha muzokaralar olib borildi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 1973 yilda tashkil etilgan Adju universiteti nafaqat Janubiy Koreyada, balki jahonda ham nufuzli oliy o‘quv yurtlardan biri hisoblanadi. Yiliga 750 nafarga yaqin xorijiy talabalar ham tahsil oladigan ushbu oliy o‘quv muassasasi dunyoning 58 mamlakatining 200 dan ortiq taniqli universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda bu yerdagi mavjud sakkizta fakultetda — tibbiyot, texnika, axborot texnologiyalari, yuridik, tabiiy va gumanitar fanlar hamda biznes yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlanadi.

Поделиться