O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va kasalxona ichi infeksiyalari profilaktikasiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

2018-07-09 | Sog‘liqni saqlash

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida o‘tkazilgan islohotlar doirasida aholini sog‘lig‘ini saqlash sohasida, jumladan, odamning immunitet tanqisligi virusi chaqiradigan kasallikning (bundan buyon – OIV infeksiyasi) profilaktikasi, diagnostikasi va davolashda ijobiy natijalarga erishildi.

Mazkur yo‘nalishda majmuaviy tadbirlarning amalga oshirilishi epidemik vaziyatning barqarorlashuviga yordam berdi.

Shu bilan birga, o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi samarali kurashish, shifoxona ichi infeksiyalari profilaktikasiga to‘sqinlik qiluvchi bir qator muammolar mavjud, xususan:

birinchidan, shifoxona ichi infeksiyalari bilan kasallanish kamayishiga qaramasdan, davolash profilaktika muassasalarida qon orqali yuquvchi infeksiyalarning oldini olish bo‘yicha kamchiliklar bor;

ikkinchidan, davolash profilaktika muassasalarini, ayniqsa sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inini tibbiy asboblar va sarflovchi materiallar bilan o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash borasida zaruriy choralar ko‘rilmaydi;

uchinchidan, joylarda, ayniqsa chekka tumanlarda tibbiyot muassasalarini toza ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi muammolarning mavjudligi tibbiy asboblar sterilizatsiyasi sifatiga va o‘tkazilayotgan davolash profilaktika muolajalari xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;

to‘rtinchidan, davolash profilaktika muassasalarining sterilizatsiya bo‘linmalarini zaruriy asbob va uskunalar bilan jihozlanish darajasi talabga javob bermaydi, sterilizatsiya tadbirlarini tashkil etish uslublariga zamonaviy yo‘nalishlarda yondoshilmaydi;

beshinchidan, respublika hududlarida OIV infeksiyali shaxslarni statsionar sharoitda davolash bilan yetarlicha qamrab olinmagan, hududiy OITSga qarshi kurashish markazlari va tumanlararo OIV diagnostika laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini zaifligi amalga oshirilayotgan ishlar sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va davolashning zamonaviy choralarini amalga oshirishni yanada kuchaytirish, bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, ularni statsionar sharoitda davolash bilan qamrab olishni kengaytirish, shifoxona ichi infeksiyalari bilan kasallanish hodisalarini minimallashtirish 2018 yil 22 iyunda 3800-sonli “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va kasalxona ichi infeksiyalari profilaktikasiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Qarori qabul kilindi, ushbu Qarorda quyidagi yo‘nalishdagi majmuaviy chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutgan:

qon orqali yuquvchi infeksiyalar profilaktikasi sohasida davolash profilaktika muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish;

respublikada OIV infeksiyasi tarqalishi ustidan va shifoxona ichi infeksiyalarini profilaktikasi yuzasidan epidemiologik nazoratni kuchaytirish;

davlat tibbiyot muassasalarida tibbiy asboblar sterilizatsiyasi va tibbiy chiqindilar utilizatsiyasi borasidagi vazifalarni xususiy tuzilmalarga o‘tkazish orqali davlat-xususiy hamkorligini bosqichma bosqich tadbiq etish;

respublikada davolash profilaktika muassasalarini test-sistemalar va retrovirusga qarshi preparatlar bilan uzluksiz ta’minlash hamda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida byudjet mablag‘lari miqdorini bosqichma bosqich oshirib borish;

OIV infeksiyasini davolash va shifoxona ichi infeksiyalari profilaktikasida ilm-fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan innovatsion yondoshuvlarni keng qo‘llash;

OIV infeksiyali shaxslarni tibbiy-ruhiy jihatdan kompleks qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish;

OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va davolash bo‘yicha tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim darajalarini oshirish;

davlat tibbiyot muassasalarida OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va davolash ishlari bilan shug‘ullanuvchi tibbiyot xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;

hududiy OITSga qarshi kurashish markazlari va tumanlararo OIV diagnostika laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy diagnostika va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash;

mazkur yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy muassasalar bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni yanada rivojlantirish.

Поделиться