O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yo‘l transport hodisasi natijasida jabrlanganlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatildi
2019-04-29 | Jamiyat
2019 yil 29 aprel kuni soat 02:00 larda O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R20 avtomobil yo‘lining 6 km da Buxoro shahridan ziyoratdan qaytayotgan, salonida 53 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan d/r 01 366 SVA “Mersedes” rusumli avtobusining baloni yorilib ketishi natijasida, boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilib yonboshlagan va avtobus yonishni boshlagan, yo‘lovchilar avtobusdan zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Barcha yo‘lovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, 7 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati bilan 2 nafari O‘rtachirchiq tumani shifoxonasiga 6 nafari O‘zbekiston Respublikasi tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.
Ushbu avtobusda Toshkent viloyati Parkent tumani 31-umumiy o`rta ta'lim maktabining 37 nafar o‘quvchisi, 3 nafar o‘qituvchisi, 10 nafar ota-onalari hamda 3 nafari xaydovchi bo‘lishgan.