O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jambil viloyatida halokatga uchragan har bir bemor sog‘lig‘i alohida nazoratga olindi

2019-04-23 | Sog‘liqni saqlash

Shu yilning 20-aprel kuni tonggi soat 05:09 da Qozog‘istonning Jambil viloyati Korday tumanidagi “Chimkent- Olma-ota” trassasining 181 kilometrida avtobus ishtirokida yo‘l - transport hodisasi ro‘y bergan edi. 49 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusda 11 nafar kishi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan. Baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarning 3 nafari hamyurtlarimiz bo‘lib, 13 nafari turli darajada jarohatlangan.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning jabrlanganlarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish va yurtimizga olib kelish bo‘yicha bergan topshirig‘iga ko‘ra, xukumat komissiyasi tuzilib, maxsus samolyot ajratildi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida jarohatlangan hamyurtlarimiz ushbu bortdda mamlakatimizga olib kelindi. Aviabort bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul xodimlari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Kozim Mahkamov boshchiligidagi shifokorlar guruhi ham yetib bordi.
 
— Biz maxsus aviabort bilan yetib borganimizda qozog‘istonlik shifokorlar tomonidan jarohatlangan hamyurtlarimizga tezkor birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan edi, — deydi Kozim Mahkamov. — Shifokorlar guruhi Favqulotda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan jarohatlanganlarni aviabortga chiqargach, bortning o‘zida ular salomatligi qayta tekshiruvdan o‘tkazildi. Kerakli muolajalar zudlik bilan bajarildi. O‘zbekistonda bizni maxsus jihozlangan “Tez tibbiy yordam” avtomashinalari kutib oldi va bemorlar zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazildi. 
 
Jarohatlanganlar orasida qoraqalpog‘istonlik 34 yoshli Omirbek Xaytbayevning jarohati ancha og‘ir edi. Agar unga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, hayoti xavf ostida qolayotgan edi. Shifokorlarning shoshilinch ravishda urinishlari natijasida Omirbek Haytbayevda murakkab jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Hozir bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda.
 
— Avariyadan ko‘pchiligimiz o‘zimizni yo‘qotib qo‘ydik. Chunki qattiq qo‘rqqan edik, — deydi hozirdaRespublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida davolanilayotgan qashkadaryolik Abbos Oljabayev. —Shunday paytda kimga xabar berish, kimdan yordam so‘rashni ham bilmay qolar ekansan. Shunda eshitdikki, Prezidentimiz bizni Vatanimizga olib ketish uchun samolyot yuborgan ekanlar. Buni eshitib, hammamiz yig‘lab yubordik. Axir, o‘zga yurtda og‘ir ahvolda turganingda sendan xavotir olib, Prezidentning o‘zi samolyot yuborsa bundan quvonmay bo‘ladimi...? Barcha g‘amxo‘rliklari uchun davlatimiz rahbariga rahmat. Biz qayerda bo‘lmaylik, Vatan himoyasida ekanligimizni his qildik.
 
Hozirda yurtimizga keltirilgan fuqarolarimizga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida malakali tibbiy-jarrohlik muolajalari ko‘rsatilmoqda. 20-aprel soat 12:00 gacha ularning 2 nafariga murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgan bo‘lsa, ayni paytda yana 3 nafar bemor operatsiya stoliga olingan.
 
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Qo‘shimcha dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berildi.

Поделиться