O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Sogʻliqni saqlash – TIHE 2019” xalqaro koʻrgazmasi yakunlandi

2019-04-18 | Sog‘liqni saqlash

"Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida “Sogʻliqni saqlash – TIHE 2019” Toshkent 24-xalqaro koʻrgazmasi yakunlandi.

Mamlakatimizda ilk bor uyushtirilgan Sogʻliqni saqlash sohasidagi xalqaro investitsiyaviy forum doirasida oʻtkazilgan koʻrgazmada dunyoning 22 mamlakatidan kelgan tibbiy uskuna va anjomlar, dori vositalari ishlab chiqaruvchi 250 ga yaqin kompaniya oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
 
Koʻrgazma ekspozitsiyalaridan zamonaviy tibbiy texnologiyalar, ultratovush, rentgen apparatlari, fizioterapiya, kardiologiya, diagnostika va laboratoriya jihozlari, stomatologiya, implantologiya, jarrohlik anjomlari, dezinfeksiya, sanitariya-gigiyena, reabilitatsiya va kosmetik vositalar, tibbiy mebellar, dori-darmon, dorixonalar uchun uskunalar, ortopedik va boshqa turdagi mahsulotlar oʻrin oldi.
 
Tadbirda koʻplab xorijiy kompaniyalar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar ham namoyish etildi. Xususan, Toshkent shahridagi “HimLabPribor” korxonasining laboratoriya jihozlari xorijlik ishbilarmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.
 
– Bugungi kunda korxonamizda bugʻli sterilizator, laboratoriya, elektrokimyoviy, diagnostik uskunalar, sentrifugalar, mufel pechlari, akvadistillyatorlar, mikroskoplar, tarozilar ishlab chiqarilmoqda, – deydi korxona boshqaruvchisi Komil Saidov. – Koʻrgazma doirasida yangi hamkorlar bilan mahsulot eksporti boʻyicha muzokaralar olib bordik.
 
Koʻrgazmada moskvalik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari alohida stendda taqdim etilgani eʼtiborga molik. Unda “Made in Moscow” brendi ostida 20 ga yaqin kompaniya oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Tadbir qatnashchilari ushbu kompaniyalarning reabilitologiya, protezlash, stomatologiya sohalaridagi ilgʻor texnologiyalari, yutuq va tajribalari bilan tanishish imkoniga ega boʻldi.
 
Rossiyaning “Motorika” kompaniyasi namoyish etgan bioelektrli protezlarni ishlab chiqarishda zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanilgan boʻlib, u har bir bemor uchun individual tayyorlanadi. Ular shu turdagi xorijiy mahsulotlardan arzonligi bilan ham ajralib turadi.
 
– Koʻrgazma doirasida mamlakatingiz sogʻliqni saqlash tizimi vakillari bilan uchrashib, oʻzaro tajriba almashdik, mahsulot yetkazib berish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishdik, – deydi “Motorika” kompaniyasi boshqaruvchisi Anton Larsen.
 
“Sogʻliqni saqlash – TIHE 2019” Toshkent 24-xalqaro koʻrgazmasi mamlakatimizda sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirish, malakali va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishda hamkorlik tobora kengayib borayotganini namoyish etdi. Jahon sogʻliqni saqlash sohasining muhim voqealaridan biri boʻlgan mazkur koʻrgazma sohada zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash borasidagi ishonchli, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. 
 

Malohat Husanova, OʻzA

Поделиться