O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

2019-04-15 | Sog‘liqni saqlash

Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Qasim-Jomart Toqaev muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Unda ikki mamlakat vazirliklari va yirik kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegasiyalar a'zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlari yaxshi qo‘shnichilik, mustahkam do‘stlik va qardoshlik rishtalariga asoslangan. Ikki tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda faol rivojlanmoqda. 

Tomonlar 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik strategiyasining izchil amalga oshirilishi mamlakatlarimiz strategik maqsadlarining mushtarakligiga asoslangan o‘zaro manfaatli va samarali iqtisodiy sheriklikni kengaytirishga xizmat qilayotganini ta'kidladi.

Keyingi ikki yilda ushbu sohadagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi. Hududlar va ishbilarmonlar o‘rtasidagi rishtalar faollashdi. Natijada savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanmoqda. 2018 yil bu borada jadal yuksalish davri bo‘ldi. Tovar ayirboshlash hajmi qariyb 50 foizga o‘sib, 3 milliard dollardan oshdi. 

Tomonlar, avval kelishilganidek, yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni 5 milliard dollarga yetkazishga intilishini tasdiqladi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaga savdo aloqalari nomenklaturasini kengaytirish, iqtisodiy hamkorlikning yangi uzoq muddatli shakllarini topish va rivojlantirish vazifasi qo‘yildi.    

Bu o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga, savdo, investisiyalar, logistika sohalarida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, integratsiyalashgan sanoat texnoparklari, ilmiy-innovasion klasterlar va erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishga xizmat qiladi.

Tomonlar 2018 yil noyabr' oyida Chimkent shahrida o‘tgan birinchi O‘zbekiston-Qozog‘iston hududlararo hamkorlik forumi hamda 2019 yil martda Toshkent shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining birinchi mintaqaviy iqtisodiy forumi yakunlarini ijobiy baholadi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkasiya qilish, shuningdek, o‘tkazish punktlarining samarali faoliyatini ta'minlash jarayoni muvaffaqiyatli davom etayotgani, bu ikki mamlakat chegaradosh hududlari aholisining turmush sharoitlarini salmoqli darajada yaxshilash, transchegaraviy iqtisodiy aloqalar va gumanitar almashinuvlarni jonlashtirish, fuqarolarning o‘zaro tashriflarini faollashtirishga xizmat qilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muzokaralarda transport, logistika, sanoat kooperatsiyasi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Transport kommunikasiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish mamlakatlarimizning eksport salohiyati va tranzit imkoniyatlarini kengaytirishi qayd etildi. 

Turizm, madaniyat, fan va ta'lim yo‘nalishlaridagi aloqalarni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. O‘tgan yili Qozog‘istonda O‘zbekiston yili keng miqyosda o‘tkazilgani, uning doirasidagi tadbirlar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlagani ta'kidlandi. Mazkur ulkan madaniy voqeaning mantiqiy davomi sifatida bu yil O‘zbekistonda Qozog‘iston yili bo‘ladi va u Qozog‘iston Prezidentining ushbu davlat tashrifi doirasida ochiladi.

Поделиться