O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog‘liqni saqlash vazirligi hamisha faol harakatda bo‘lishni tavsiya qilmoqda

2019-04-29 | Sog‘liqni saqlash

Joriy yil 27 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab navbatdagi sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, poytaximiz markazidagi “Mehrjon” hiyobonida 5 kilometr masofaga faol yurish va muassasalararo sport musobaqalari, jumladan, arqonda sakrash, shaxmat, shashka, voleybol, stol tennisi, badminton, to‘siqlardan o‘tish estafetasi o‘tkazildi.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, jismoniy faollik - sog‘lom turmush tarzi va tananing to‘g‘ri ishlashini ta’minlashda zarur omil hisoblanadi. Zo‘riqishlarsiz va muntazam jismoniy faoliyat tananing to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi. Jismoniy faollik borasida cheklov yo‘q. Uni turli mashg‘ulotlar orqali amalga oshirish mumkin. Bunda jismoniy mashqlar uchun kuniga 20-30 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt ajratish tavsiya etiladi. Masalan, yurish, ertalabki badan tarbiya, velosipedda sayr va boshqalar. Amalga oshirilayotgan harakatlar davomiy va tizimli bo‘lgandagina yanada samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Mutaxassislarning fikricha, bolalar va o‘smirlar quyi jismoniy faollikdan yuqori darajadagi faollikka qadar kun davomida 60 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqtda shug‘ullanishi kerak. Qolaversa, tayanch-harakat tizimiga yo‘naltirilgan mashqlar haftasiga kamida 3 marta bo‘lishi tavsiya etiladi.

18-64 yoshdagi kattalar o‘rtacha jismoniy faollikka haftasiga ikki yarim soat, faol harakatlar uchun esa bir yarim soatdan kam bo‘lmagan vaqt ajratishlari lozim. Inson uchun foydali, tana a’zolarini bir maromda ishlashi uchun o‘rtacha faol harakatlar haftasiga besh soatgacha oshirish, jismoniy mashqlarni esa haftasiga 2-3 marta bo‘lishi maqsadga muvofiq. 65 yoshdan oshgan insonlar sog‘ligidan kelib chiqib, sokin va kam jismoniy faollik haftasiga 150 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt ajratishlari mumkin. Albatta, ushbu harakatlar shifokor bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi zarur bo‘ladi.

Muhimi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har haftada tashkil etilayotgan ushbu ommaviy tadbirlarda qatnashuvchilarning soni oshib borayotgani, ularning jismoniy faollikka bo‘lgan qiziqishi har qachongidan ham kuchayayotgani e’tiborga molik. Bu ham bo‘lsa, kasallikka emas, uning profilaktikasiga asosiy e’tibor qaratilayotganining samarasidir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu ommaviy tadbirlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, yurtimizdagi tibbiyot muassasalari shifokorlari, hududlardagi hamkor tashkilotlar vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tgan davrda “Yurish kuni”, “Yurish bo‘yicha marafon kuni”, “Salomatlik sari qadam”, “Velosipedda sayr kuni”, “5 kilometr masofaga faol yurish” hamda “Sog‘lom ozish kuni” ommaviy tadbirlari mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilgan edi.

Поделиться