O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koʻz jarrohligiga oid seminar oʻtkazildi

2019-04-24 | Sog‘liqni saqlash

Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiya markazida koʻzning old qismi rekonstruksiyaviy jarrohligi va koʻz gavhariga oid murakkab operatsiyalarga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminar oftalmologlarning kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Yurtimizda sogʻliqni saqlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida tibbiyotning turli yoʻnalishlari rivojiga eʼtibor qaratish, bunda koʻp yillar mobaynida mamlakatimizda shakllangan tibbiyot maktabi anʼanalarini tiklash, ularni yanada rivojlantirish, xorijning nufuzli ilmiy markazlari, oliy taʼlim dargohlari, yetakchi klinikalari, tibbiyot maskanlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 
 
Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiya markazida kataraktalarning xirurgik davolanishga doir ilgʻor uslublar, koʻz gavharining old va orqa tomonini kesish lazer operatsiyalari, muguz pardaning turli patologiyalarida kirotoplastik va amnionoplastik operatsiyalarni oʻtkazish va boshqa turli yoʻnalishlardagi murakkab jarrohlik amaliyotlari oʻtkazib kelinmoqda.
 
Rossiyalik oftalmolog-jarroh shifokorlar ishtirokida oʻtkazilgan seminarda koʻz kasalliklariga oid turli murakkab operatsiyalarni amalga oshirishdagi ilgʻor uslub va texnologiyalar atroflicha muhokama etildi. Bu kabi ilmiy-amaliy seminar va mahorat darslari Buxoro viloyat oftalmologiya shifoxonasida ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 
 

N.Usmonova, OʻzA

Поделиться