O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiyda Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma tibbiy texnologik parki ochilishi muhokama qilindi

2019-04-26 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida 25 aprel kuni Innovatsion rivojlanish vaziri akademik Ibrohim Abdurahmonov va Xitoy Fanlar akademiyasining Shanxay farmakologiya instituti rahbari professor Jingshan Shen oʻrtasida Ahdlashuv bayonnomasi imzolandi.

Mazkur hujjatga koʻra Xitoyning “TOPHARMAN&VIGONVITA&CADDDC-CAS” konsorsiumi bilan Oʻzbekistonda turli dori vositalarining substansiyalarini sintez qilish boʻyicha yirik texnologik platforma ochishga kelishildi. Bugungi kunda farmatsevtika substansiyalarini ishlab chiqarilishi uchun zarur infratuzilmalarni tashkil qilish yurtimiz farmatsevtika sanoatini rivojlantirishning eng dolzarb masalalaridan biri boʻlgani bois bu platformaning yaratilishi sohaning rivojlanishiga, import oʻrnini bosuvchi dori preparatlarini arzon narxlarda isteʼmolchilarga yetkazib berishga, eksport mahsulotlarining sonini oshirishga xizmat qiladi.

– Shu paytgacha Oʻzbekistonda dori preparatlarining asosiy substansiyalari xorijdan olib kirilmoqda, – deydi I. Abdurahmonov. – Shu sababli bizda substansiyalar sintezini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga ega. Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo institutida va Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida dori vositalarining substansiyalarini olish boʻyicha ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, biroq aynan substansiyalarning sintezini amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan.

Dori preparatlari substansiyalari sintezi bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston-Xitoy tibbiy texnologik parkini Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasida tashkil etish koʻzda tutilgan boʻlib, boshlangʻich toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya miqdori muhokama qilinmoqda.

Farmatsevtik substansiya bu muayyan dori vositasini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan, amaldagi standartlarga mos kelgan holda ishlab chiqariladigan biologik nuqtai nazardan faol moddadir. Kelishuvlar natijasida, qator dori vositalarining substansiyasini sintez qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kutilmoqda. Bunda kimyo va farmatsevtika sohalaridagi eng soʻnggi texnologiyalardan foydalaniladi.

Поделиться