O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida davra suhbati

2020-09-28 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 25-sentabr kuni Toshkent shahrida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta'minlash va korrupsiyadan holi hududga aylantirish hamda biznes-hamjamiyatining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, erkin, shaffof tadbirkorlik faoliyatini yuritishga ko‘maklashish, birinchi navbatda, “korrupsiya” nomli illat mohiyatini tushunib yetish, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari, iqtisodiy sud sudyalari, Toshkent davlat yuridik universtiteti o‘qituvchilari, advokatlar va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

Savdo-sanoat palatasi Raisining birinchi o‘rinbosari Islom Kazimovich Jasimov so‘zga chiqib, hozirgi kunda tadbirkorlik subyektlari pandemiya davrida davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlardan to‘liq foydalana olmayotgani, mazkur imtiyozlar davlat organlarining mas'ulyatsizligi oqibatida tadbirkorlik subyektlariga to‘liq yetib bormasligi, biznesda korrupsiya qanday ko‘rinishda bo‘lishi, Prezidentimiz tomonidan biznesda korrupsiya 50 foizni tashkil etishi to‘g‘risida so‘z yuritilganligiga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida, tadbirkorlar o‘z faoliyatida ko‘p uchrayotgan sud amaliyotidagi muammolarni prokuror va sudyalar bilan muhokama qilindi hamda takliflari ilgari surildi.

Shu bilan birga, yig‘ilish qatnashchilari har chorakda davra suhbati o‘tkazish va Toshkent shahrida jinoyatlarni jilovlash, huquqbuzarlik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta'minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalar belgilanib olindi.

Manba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

Поделиться