O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aziz Abduhakimov: Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuniga bag‘ishlangan navbatdagi anjuman Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi

2020-09-29 | Jamiyat

28-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, UNESCO masalalari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov UNESCO Bosh direktori Odri Azule bilan birga Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni (XAUFK)ni nishonlashga bag‘ishlangan yuqori darajali onlayn-muhokamada ishtirok etdi. 

Tadbir 28-29 sentabr kunlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro arxivlar kengashi, BMT Taraqqiyot dasturi, “Twitter” ijtimoiy tarmog‘i, “Ochiq hukumat” hamkorligi tashabbusi, “Transparency International” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi kabi yetakchi tashkilot va tuzilmalarning rahbariyati ishtirokida o‘tkazilmoqda. 

Taʼkidash joizki, O‘zbekiston bu kabi nufuzli forumga taklif qilingan yagona mamlakat bo‘lib, bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan shaffoflik va erkin fikrlilikni taʼminlash yo‘lida olib borilayotgan siyosat natijasida mamlakatimizda ro‘y bergan o‘zgarishlar eʼtirofidir. 

Axborotning “COVID-19” pandemiyasiga qarshi kurashishdagi muhim rolini inobatga olib, tadbir mavzusi sifatida “Axborot olish – hayotlarni qutqarib, ishonchni mustahkamlab, umid bag‘ishlab” tanlangan. Maʼruzachilar pandemiya sharoitida jamiyatni axborot bilan taʼminlashning turli jihatlarini xalqaro tuzilmalar, davlat va nodavlat tashkilotlar, shuningdek xususiy sektor nuqtai nazaridan yoritishdi.

Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyov boshchiligida OAVni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga oid taqdimot o‘tkazdi. O‘zbekistonda OAVni liberallashtirish va ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlash, so‘z erkinligi va jurnalistlar huquqlarini targ‘ib qilish, hukumat faoliyati ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, davlat tashkilotlari hamda aholi o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash yo‘lida qilingan ishlar aniq misollar bilan yoritib berildi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mevasi o‘laroq, jamiyat hayotida ijtimoiy-siyosiy faol qatlamning paydo bo‘layotgani, kuchli fuqarolik jamiyati sari ildam qadamlar qo‘yilayotganiga alohida urg‘u berdi. Yuqori darajali onlayn-muhokama davomida O‘zbekiston Hukumatining UNESCO bilan hamkorlikdagi XAUFK bo‘yicha xalqaro anjumanini 2021 yilning kuzida Toshkent shahrida o‘tkazish istagi  bildirildi.

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tadbirni respublikamizda tashkil qilishga doir kelishuvga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarlari Komil Allamjanov va Saida Mirziyoyeva (hozirda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi rahbariyati)ning UNESCO bosh direktori Odri Azule bilan 2020-yilning 9-yanvarida Parij shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi davomida erishilgan.

Bosh vazir o‘rinbosari keyingi yilga rejalashtirilgan ushbu anjuman davlatlarda yuz berishi mumkin bo‘lgan axboriy inqirozlar va muammolarning oldini olish va ularga qarshi kurashish yo‘lida UNESCO hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yana-da mustahkamlash yo‘lida xizmat qilishini taʼkidladi. UNESCO Bosh kotibi Odri Azule va tadbirning boshqa ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kelgusi yilda bu qadar muhim tadbirni o‘tkazishga tayyor ekanligi uchun samimiy minnatdorchilik bildirishdi.

Tadbir to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda Tashkilotning rasmiy veb-sayti hamda uning barcha yirik ijtimoiy platformalardagi kanallarida keng yoritildi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться