O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz
2020-08-18 | Jamiyat
Korrupsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biridir. Tahlillarga ko‘ra, bu illat jahon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi.
Mamlakatimizda ham aynan ushbu muammodan xalos bo‘lish maqsadida juda ko‘plab chora tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, fuqarolarda korrupsiyaga qarshi keskin munosabatni yanada shakllantirish va jamiyatda bu illatni butunlay yo‘q qilish maqsadida Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan ham muntazam ravishda tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu esa o‘z navbatida xodimlar o‘rtasida korrupsiyaviy holat yuzaga kelmasligi bilan birga ularda xizmat intizomi, ichki tartib va odob-ahloq qoidalariga rioya qilish darajasi ijobiy tomonga o‘zgarishiga ham sabab bo‘lmoqda.
Shu o‘rinda, yurtdoshlarimizga eslatib o‘tamiz! Agar sizda bojxona sohasiga oid biror bir muammo, taklif yoki mulohazalar yuzaga kelganda Davlat bojxona qo‘mitasining qisqa 11-08 hamda Jizzax viloyati bojxona boshqarmasining 72-223-28-39 raqamli ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi