O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar o‘tkazildi
2020-09-05 | Jamiyat
Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i B. Ismailov hamda Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat huquqi kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi o‘qituvchisi S. Mamanov ma’ruza qildi.
2020-yil 4-sentabr kuni “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari tahliliga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, seminarda BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyalari normalarini O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga implementatsiya qilinishi, xorij davlatlarida mazkur yo‘nalishda erishilgan muvaffaqiyatlar, korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidagi sud amaliyoti haqida ma’lumotlar berildi.
Qiziqarli savol-javob tarzida o‘tgan tadbirda markaziy apparat bo‘limlarining xodimlari karantin tartib-qoidalariga rioya etgan holda bevosita, shuningdek bo‘limlar va hududiy inspeksiyalarning xodimlari videokonferens-aloqa tarzida onlayn shaklda ishtirok etdi.