O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bostirishga qaratilgan islohotlar

2020-11-17 | Iqtisodiyot

Hozirgi kunda mamlakatda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bostirishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Boshqalar qatorida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ham Agentlikning o‘zida va uning tarkibiy tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro stanartli boshqaruv tizimi - ISO 37001:2016 "Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini" joriy etish bo‘yicha ishlarni boshladi.
 
Ushbu standart korrupsiyaning oldini olish, aniqlash va unga qarshi choralar ko‘rish hamda korrupsiya xatarlarini minimallashtirish bo‘yicha maqbul va mos chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta'minlaydi.
 
Oldin, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tashkil etilganda, uning tarkibida Ichki nazorat va komplaens xizmati ham tashkil qilingan bo‘lib, uning asosiy vazifalari Agentlik faoliyatidagi korrupsiyaning oldini olish, aniqlash va ularga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi.
 
Bugungi kunga qadar Agentlik O‘zbekiston Respublikasining taniqli konsalting kompaniyalaridan biri bilan birgalikda umumiy korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq mavjud hujjatlar bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bordi. Bir qator ichki me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi, shuningdek amaldagi hujjatlar ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqlashtirildi.
 
Masalan, byurokratik to‘siqlarni olib tashlash, korrupsiya xavfi yuqori va o‘rta darajadagi Agentlik faoliyatida inson omilining mavjudligini kamaytirish va Agentlik tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarni avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar boshlandi. Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar ma'lumotlar bazasi, shuningdek Agentlik xodimlari faoliyatidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha amaliy tizimni joriy etish uchun ma'lumotlar bazasi yaratildi. Agentlikning markaziy apparatida va tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish tizimining shaffofligi ta'minlandi, bu adolat, halollik va xolislikni ta'minlash, birodarlik va qarindosh-urug‘chilikni oldini olishga imkon beradi.
 
Bundan tashqari, Agentlik auditorlik tekshiruvini o‘tkazish va korrupsiyaga qarshi boshqaruvning xalqaro "Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi" ISO 37001:2016 standartini keyinchalik olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo‘yicha yetakchi organlari bilan yaqindan tadqiqotlar olib bormoqda.
 
Agar siz Agentlik xodimlari tomonidan amalga oshirilgan korrupsiyaviy holatlariga duch kelsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berishingiz mumkin:
 
- telefon raqamlar: (071)259-21-37, (071)259-21-22;
 
- telegram-bot: «@csdavaktiv_bot» 
 
- elektron pochta: cs@davaktiv.uz 
 
- havola orqali Agentlikning rasmiy veb-saytidagi maxsus shaklni to‘ldirishingiz ham mumkin: https://davaktiv.uz/ru/otkrytoe-agentstvo/anketirovanie/anketirovanie

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Поделиться