O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dastur ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida

21.07.2022MadaniyatManba: «Yangi O"zbekiston»

Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi yig‘ilishida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta'minlashda Madaniyat vazirligi, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hokimliklari rahbarlarining mas'uliyati to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.

Prezident Samarqanddagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi

16.07.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi.

Oʻzbekiston-Turkmaniston: Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi

15.07.2022TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning 14-iyul kuni Oʻzbekistonga davlat tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. 

O'zbekiston — Turkmaniston: asrlar sinovidan o'tgan do'stlik

14.07.2022SiyosatManba: «Yangi O"zbekiston»

O'zbekiston umumtarixiy ildizlar, yagona din, til, madaniyat, an'ana va urf-odatlar o'xshashligiga asoslangan munosabat ila bog'langan Turkmaniston bilan hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratadi.

Geologiya sohasidagi vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi

08.07.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni geologiya sohasidagi natijalar va yil yakunigacha bo‘lgan rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Xorijdagi vatandosh ayol-qizlarimizga yordam ko‘rsatiladi

05.07.2022JamiyatManba: O'zA

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xorijdagi o'zbek xotin-qizlari masalalari bo'yicha Respublika Komissiyasi tuziladi

05.07.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi ayollar manfaatlari, haq-huquqlarining toʻliq himoyasi yoʻlida barcha masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash choralarini koʻrib bormoqda.

Ayollar ishsizligi barham topsin

01.07.2022JamiyatManba: O'zA

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirokida poytaxtimizning Sergeli tuman hokimligida mahalla xotin-qizlar faollari, raislari, bandlikka ko‘maklashish markazi bo‘limi vakillari, mutasaddilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Paxtachilik va to‘qimachilik rivoji uchun yangi imkoniyatlar belgilandi

29.06.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyun kuni paxta hosildorligini oshirish va to‘qimachilik mahsulotlari eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida

28.06.2022Sog‘liqni saqlashManba: «Yangi O"zbekiston»

​O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 18-mart kuni sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusida o‘tkazilgan ochiq muloqotida tibbiyotdagi dolzarb muammolar yechimi borasida yo‘nalishlar belgilanib berilgandi.

O‘zbekistonda ilk bor oilalarning baxtlilik indeksi va uning nazariy-metodologik asoslari yaratildi

23.06.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti o‘zining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Xodimlarni ishga olish, bilimini sinash to‘liq elektron tarzda amalga oshirilmoqda

22.06.2022JamiyatManba: O'zA

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Davlat boshqaruvi akademiyasida “Davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar: mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida

21.06.2022SiyosatManba: «Yangi O"zbekiston»

Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisida “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun va qonunosti hujjatlar ijrosini ta'minlash yuzasidan bajarilayotgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risida Madaniy meros agentligi va Fanlar akademiyasi hamda Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Prezident bemor bolalar va ularning onalariga dalda berdi

17.06.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi.

Hamkorlik - o'zaro munosabatlarni mustahkamlaydi!

16.06.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Bosh vazir oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisi Zulayho Mahkamova boshchiligidagi qo'mita vakillari hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tilshunos o‘qituvchilar ishtirokida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish bo’yicha darslar

16.06.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida markaziy apparat xodimlaridan iborat komplekslar ichida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish asoslari” bo‘yicha turkum darslar boshlangani haqida xabar bergan edik.

“Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va mavjud sharoitlarni yaxshilash masalalari” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

15.06.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabr Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-62-sonli  qarori qabul qilingan.

Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish umummilliy ahamiyatga ega

10.06.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-iyun kuni qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlash

06.06.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror ijrosi yuzasidan

26-27 may kunlari Buxoro shahrida O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi

27.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Kambag‘allikni qisqartirish, insonlar yashash darajasini va hayot farovonligini oshirish har bir davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ushbu masalalar davlat rahbarlarining ko‘plab chiqishlarida va xalqaro tashkilotlarning kun tartibida aks ettirilgan.