O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tilshunos o‘qituvchilar ishtirokida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish bo’yicha darslar

2022-06-16 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida markaziy apparat xodimlaridan iborat komplekslar ichida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish asoslari” bo‘yicha turkum darslar boshlangani haqida xabar bergan edik.

Mashg‘ulotlarda Toshkent davlat agrar univesiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan 20 soatlik videodarslardan foydalanilmoqda. Eʼtiborlisi, bugundan boshlab navbatdagi 12 kunlik darslar davomida tilshunoslarning o‘zlari bevosita ishtirok etib, dasturni batafsil tushuntirib berishadi.

Ushbu darslar orqali xodimlarning o‘zbek adabiy tili me‘yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, shuningdek, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarini boyitish maqsad qilingan. Bundan tashqari, nutq madaniyati va notiqlik mahorati, yozma va og‘zaki nutq borasidagi savodxonligini oshirish nazarda tutilgan.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться