O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda ilk bor oilalarning baxtlilik indeksi va uning nazariy-metodologik asoslari yaratildi

2022-06-23 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti o‘zining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida 59 ta ilmiy-amaliy loyiha amalga oshirildi va ularning natijasida:
 
“Oila, mahalla va gender tengligi” mavzusida badiiy asarlarning elektron korpusi yaratildi.
 
“Baxtiyor oila” veb-portali ishga tushirildi, unda oila institutini mustahkamlashga oid ma'lumotlar va targ‘ibot materiallari, sog‘lom avlodni tarbiyalash, oilalarning demografik xulq-atvoriga xos xizmatlar haqida ma'lumotlar joylashtirildi.
 
Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda namunali o‘zbek oilasi hamda mahalla institutini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘zbek, rus va ingliz tillarida ilk marotaba “Oila ma'naviyati konseptiga doir elektron tezaurus” yaratildi.
 
Uy sharoitida milliy taomlar tayyorlash orqali oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallalarning turistik salohiyatini oshirish maqsadida Toshkent va Buxoro shaharlarida 3 tadan mahallada “Gastro mahalla” loyihasi amalga oshirildi.
 
O‘zbekistonda ilk marotaba oilalarning baxtlilik indeksi va uning nazariy-metodologik asoslari yaratildi.
 
Aholining turmush tarzi sanitariya-gigiena talablarga mosligi masalalari ilmiy tadqiq etildi va o‘rganish natijalari asosida sanitariya-gigiena talablari asosida quriladigan uy-joy maketi loyihasi yaratildi.
 
«Mehr daftari» ishlab chiqildi hamda uni yuritish orqali nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha vaqtinchalik Tartib ishlab chiqildi;
 
Mediation.uz axborot sayti ishga tushirildi.
 
O‘zbekiston oilalari atlasi yaratildi hamda 2015-2021 yillardagi rasmiy statistik ma'lumotlarni o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston oilalari stastistik to‘plami tayyorlandi;
 
Nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda yetim bolalarni ijtimoiylashtirishning “metodik klasteri” ishlab chiqildi.
 
Sohaga oid 4 ta monografiya, 24 ta uslubiy qo‘llanma, 6 ta elektron o‘quv qo‘llanma va 10 ta risola, shu jumladan “Yangi O‘zbekistonning farovon oilasi” nomli o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi ilmiy-ommabop risola chop etildi.
 
Shuningdek, Institut tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha oila institutini yanada mustahkamlash konsepsiyasi” hamda “O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha demografik barqarorlik konsepsiyasi” loyihalari ustida ish olib borildi.
 
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan “Barcha mehnat migrantlari va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya” va Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Uy xizmatchilari uchun munosib mehnat to‘g‘risidagi 189-sonli Konvensiya”siga qo‘shilish bo‘yicha asosnoma tayyorlandi.
 
Institut tomonidan BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan sohaga oid 2 ta loyiha amalga oshirildi;
 
Institut muassisligida keng jamoatchilikni jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni to‘laqonli va samarali joriy etish maqsadida “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” xalqaro, “Ijtimoiy boshqaruv” respublika ilmiy jurnallari hamda “Mahalla va oila” nashriyoti tashkil etildi;
 
Institut faoliyati ommaviy axborot vositalarida 84 marotaba yoritildi.
 
35 marotaba turli ijtimoiy saytlarda, 15 marotaba xorijiy tashkilot va idoralar saytida institut faoliyati haqida nashrlar e'lon qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

Поделиться