O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida

2022-06-21 | Siyosat

Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisida “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun va qonunosti hujjatlar ijrosini ta'minlash yuzasidan bajarilayotgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risida Madaniy meros agentligi va Fanlar akademiyasi hamda Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz tashabbusi bilan muzeylar sohasini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, muzey fondlaridagi noyob ashyolarni saqlash va keng targ‘ib qilish, muzeylarga sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.
 
Xususan, so‘nggi yillarda mamlakatimizda 20 dan ortiq yangi muzey tashkil qilingani alohida qayd etildi. Buyuk adiblarimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov, Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya hamda Sharof Rashidov, To‘raqo‘rg‘on tumanida Ibrat, Uchko‘prik tumanida Haziniy, Toshkent shahrida Abdulla Qodiriy memorial va uy-muzeylari ochilgani buning tasdig‘idir.
 
Shuningdek, hududlarda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi filiallari, Toshkent shahrida “Shon-sharaf”, Mo‘ynoq tumanida Ekologiya, Shahrisabz shahrida Maqom muzeylari ochilgan va faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, 2020-yil sentabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “Ochiq eshiklar kuni” deb e'lon qilindi va ushbu kun tashrif buyuruvchilar uchun muzeylarga kirish bepul etib belgilandi.
 
Prezidentimizning 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida muzeylar faoliyatining ilmiy va ma'rifiy jihatlariga alohida e'tibor qaratilgan.
 
Jumladan, barcha muzeylarning ilmiy tadqiqot va uslubiy faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning mazkur yo‘nalishda o‘zaro hamkorligini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston davlat san'at muzeyida san'at sohasidagi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida madaniyat va tarix sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni muvofiqlashtiruvchi ilmiy uslubiy kengashlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
 
Bugungi kunga qadar mazkur ilmiy kengashlarda bitta doktorlik va to‘rtta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi. Ilmiy darajalarga ega bo‘lgan muzey xodimlarining oylik maoshi o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Majlisda bajarilgan ishlar bilan birga kelgusida jiddiy va alohida e'tibor qaratilishi zarur bo‘lgan kamchilik va muammolar batafsil muhokama qilinib, ularni bartaraf etish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan bir qator vazifalar belgilab olindi.
 
Xususan, quyidagilar alohida ta'kidlandi:
 
birinchidan, har bir muzey rahbariyati va xodimining ilmiy tadqiqot ishlariga, jumladan, xalqimizning boy madaniy merosini saqlab qolish va asrab-avaylashga e'tiborini kuchaytirish;
 
ikkinchidan, muzeylarda madaniy-ma'rifiy, targ‘ibot-tashviqot, ilmiy tadqiqot ishlari saviyasini oshirish, muntazam ravishda ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar o‘tkazishni samarali va tizimli yo‘lga qo‘yish;
 
uchinchidan, muzeylar ekspozisiyasini yangilash hamda muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash sharoitlarini bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish;
 
to‘rtinchidan, mahalliy aholi va yurtimiz mehmonlari qiziqishini yanada oshirish maqsadida muzeylar faoliyatini yurtimiz va chet el ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish.
 
Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarori va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться