O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorijdagi vatandosh ayol-qizlarimizga yordam ko‘rsatiladi
2022-07-05 | Jamiyat
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova xorijdagi migrant xotin-qizlarimizga o‘zaro ko‘mak ko‘rsatish va ularni o‘z yurtiga qaytarish yo‘lida hamkorlik qilish davr talabi ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Afzal Irmatov uchrashuvda bildirilgan fikrlarni qo‘llab-quvvatladi va bu borada agentlik hamkorlikka doimo tayyorligini aytdi.
Shu bilan birga, “Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruv raisi Odiljon Sattorov chet eldagi o‘zbek ayol-qizlariga moliyaviy tomondan yordam ko‘rsatish, uzoq o‘lkalarda zo‘ravonlikka uchragan vatandosh xotin-qizlarimizni ortga qaytarish borasida o‘z takliflarini berdi.
Uchrashuv so‘ngida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
N.Usmonova
Manba: O'zA