O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamkorlik - o'zaro munosabatlarni mustahkamlaydi!
2022-06-16 | Jamiyat
Bosh vazir oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisi Zulayho Mahkamova boshchiligidagi qo'mita vakillari hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda BMTning “Oʻzaro hamkorlik orqali Qirgʻiziston va Oʻzbekiston chegaroldi hududlarini rivojlantirish” qoʻshma dasturi loyihasi taqdim etildi.
Mazkur loyihaning bosh maqsadi etib quyidagilar belgilangan:
1. Oʼzaro yordam guruhlarini tashkil qilish.
2. Jamiyatda ayollar oʼrnini oshirish boʼyicha erkak va yosh yigitlarga qaratilgan treninglar.
3. Oʼzaro yordam guruhlari oʼrtasida tajriba almashish tashriflarini tashkil qilish
Аkselerator dasturi;
Eng sara innovatsion tashabbuslarni uskunalar bilan qoʼllab-quvvatlash;
Biznes loyihalarni taqdimoti boʼyicha konferentsiya tashkil qilish;
Аyol va yosh tadbirkorlarni bir-biriga bogʼlovchi platformalarni tashkil qilish;
Аyol, yosh tadbirkorlar va fermerlar, mahalliy hokimliklarni birlashtiruvchi tadbirlar tashkil qilish;
Eng sara IT-echimlarni tanlab olish uchun agro-Xakaton oʼtkazish kabi 6 bosqichli harakat amalga oshiriladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi