O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va mavjud sharoitlarni yaxshilash masalalari” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

2022-06-15 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabr Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-62-sonli  qarori qabul qilingan.

Qarorga asosan Agentlik va uning hudduiy boshqarmalari, tuman markazlari o‘z faoliyatini boshladi.

Joriy yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan 14 ta hududiy boshqarmalari, 207 ta tuman (shahar) markazlari rahbarlarining malakasini yanada oshirish,hududiy boshqarmalarning faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida “Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash  va mavjud sharoitlarni yaxshilash masalalari” mavzusida hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirokida bir haftalik o‘quv kurslarini tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur o‘quv-seminar mashg‘uloti Davlat boshqaruvi akademiyasi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv-reja dasturiga muvofiq tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida Agentlikning barcha hududiy boshqarma boshliqlari hamda tuman(shahar) markazlari rahbarlari shuningdek, vazirlik, qo‘mita va boshqa tashkilotlarning mas’ul mutaxassis hodimlari ishtirok etishdi.

Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu o‘quv-seminar mashg‘ulotida, mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishning asosiy yo‘llari va huquqiy asoslari, aholini tadbirkorlikka jalb qilish va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, band bo‘lmagan aholini munosib ish o‘rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish ishlariga jalb etish bo‘yicha tushunchalar berilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться